Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirligining 5-son, "Sanoatkonteхnazorat" davlat inspeksiyasining 80-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yoʻl transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 25.05.2005 y. Qarori (AV tomonidan 08.07.2005 y. 1493-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.07.2005 y.

N 1493

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

25.05.2005 y.

N 5

"SANOATKONTEXNAZORAT"

DAVLAT INSPEKSIYaSINING

25.05.2005 y.

N 80

QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi

materiallarni temir yoʻl transportida tashish

qoidalarini tasdiqlash toʻrisida


(2005 yil 18 iyuldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 maydagi 213-sonli "Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorining 6-bandiga muvofiq QAROR QILAMIZ:


1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yoʻl transportida tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, Transport IIB hamda "Sanoatgeokonteхnazorat" Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari zimmalariga yuklatilsin.


Ichki ishlar vaziri                                            Z. Almatov



"Sanoatkonteхnazorat"

Davlat inspeksiyasi boshlii                            R. Saidov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 27-son, 201-modda.