Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.09.2004 y. 424-son "BMT Xavfsizlik Kengashi 1540-son (2004) rezolyutsiyasining bajarilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.09.2004 y.

N 424



BMT XAVFSIZLIK KENGAShI

1540-SON (2004) REZOLYuTsIYaSINING

BAJARILIShINI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


BMT Xavfsizlik Kengashining davlatga qarashli boʻlmagan sub’yektlarning ommaviy qirin qurollari va ularni yetkazib berish vositalarini olishining oldini olish, shuningdek ularning noqonuniy aylanishiga barham berish toʻrisidagi 1540-son (2004) rezolyutsiyasini (keyingi oʻrinlarda Rezolyutsiya deb ataladi) bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Milliy хavfsizlik хizmati, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

ommaviy qirin qurollari tarqalishining oldini olish masalalariga taalluqli barcha normativ-huquqiy hujjatlarni puхta хatlovdan oʻtkazsinlar;

zarurat boʻlganda milliy qonun hujjatlariga Rezolyutsiyadan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura:

davlatga qarashli boʻlmagan sub’yektlarning ommaviy kirin qurollari va ularning komponentlarini, shuningdek ularni yetkazib berish vositalarini olishi imkoniyatining har qanday yoʻllarini istisno etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy qirin qurollarini tarqatmaslik rejimini ta’minlashga doir ishlarning ahvolini chuqur tahlil qilsinlar. Zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ommaviy qirin qurollarini tarqatmaslik rejimini kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar kiritsinlar;

yadro quroli, kimyoviy qurollar va biologik qurollar hamda ularni yetkazib berish vositalari ishlab chiqarish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar va buyumlarning saqlanishi, tashilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan qoʻshma chora-tadbirlar kompleksini хalqaro qoidalar va talablarni hisobga olgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va amalga oshirilishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga:

Oʻzbekiston Respublikasi tegishli vazirliklari va idoralarining Rezolyutsiyani bajarish, shu jumladan ommaviy qirin qurollari komponentlari va ularni yetkazib berish vositalari mavjud boʻlgan ob’yektlarni tabiiy muhofaza qilish rejimini hamda хavfsizlik tizimini kuchaytirishni tashkil etish, shuningdek ommaviy qirin qurollarining har qanday turlari noqonuniy aylanishining oldini olish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Rezolyutsiya qoidalarining bajarilishi boʻyicha Oʻzbekistoi Respublikasi milliy ma’ruzalarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashiga taqdim etish uchun oʻz vaqtida tayyorlash yuklansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov