Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.10.2000 y. 391-son "Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududlari boʻyicha oʻtishi uchun yigʻimlar undirishni tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
10.10.2000 y.
N 391
QIRGʻIZISTON RESPUBLIKASINING YuK
AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA AVTOBUSLARI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA
XUDUDLARI BOʻYIChA OʻTIShI UChUN YIGʻIMLAR
UNDIRIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari Oʻzbekiston Respublikasining hududi boʻyicha oʻtishi uchun yigʻimlar undirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududi orqali kirib kelishi va tranzit oʻtishi uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan toʻlovlar Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslarining ilovaga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha oʻtishi uchun undirilmaydi.
2. Davlat bojхona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasidan oʻtadigan Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari kirib kelishi va tranzit oʻtishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh Vaziri Oʻ. Sultonov
2000 yil 10 oktyabrdagi
391-son qaroriga
ILOVA
Qirgʻiziston Respublikasining
yuk avtotransport vositalari va avtobuslarining
Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegaralaridan
oʻtishida toʻlovlar undirilmaydigan yoʻnalishlar
ROʻYXATI
1. Qirgʻizistondan Oʻzbekiston hududi orqali Qirgʻizistonga tranzit oʻtishi.
2. "Madaniyat" oʻtkazish punkti (Andijon viloyati) orqali "Maylisoy" elektrolampa zavodining yuk tushirish va ortish bazasiga oʻtish va orqaga qaytish.
3. "Fargʻona" oʻtkazish punkti (Fargʻona viloyati) orqali Qadamjoy surma kombinatining "1-Ferbaza" va "2-Ferbaza"siga oʻtish va orqaga qaytish.
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., N 10, 65-modda.