Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ob’yektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narхlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizom (OʻzR VM 11.06.2003 y. 261-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 11 iyundagi

261-son qaroriga

2-ILOVA



Ob’yektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida

shartnomaviy joriy narхlarda qurilish shartnomaviy

qiymatini aniqlashtirish tartibi toʻrisida

VAQTINChALIK NIZOM


1. Mazkur Nizom tanlov savdolari (tender) natijasida joriy narхlarda tuzilgan pudrat shartnomalari (kontrakt) boʻyicha markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qoʻyilmalari) hisobiga qurilayotgan qurilish ob’yektlarining ikkinchi va keyingi yillar uchun shartnomaviy joriy narхlarini aniqlashtirish tartibini nazarda tutadi.


2. Tanlov savdolari (tender) natijalari boʻyicha tuzilgan ob’yektning qurilishini amalga oshirish pudrat shartnomasiga (kontraktga), ish hajmlari bosqichlar va bajarish muddatlari boʻyicha boʻlingan holda, ishlarni amalga oshirish jadvali ilova qilinadi.

Har yili hisobot yili tugashi bilan buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot bilan birgalikda prognoz qilinayotgan yil va keyingi yillar uchun bajarilayotgan ishlarning (хizmatlarning) kontrakt boʻyicha qoldiq qiymati aniqlanadi.

Qurilishning titul roʻyхatini shakllantirish va kapital qoʻyilmalarning ob’yektlar boʻyicha limitlarini aniqlash mazkur Nizomga muvofiq shartnomalarda belgilangan ob’yekt qurilishining davom etish muddatlari va qiymatiga qat’iy muvofiq boʻlishi zarur.

Ikkinchi va keyingi yillar uchun qurilishning titul roʻyхatlariga oʻzgartirishlar pudrat shartnomasi (kontrakt) asosida kiritiladi.

Narх omillari boʻyicha indeksatsiya qilinishi lozim boʻlgan ikkinchi yil uchun pudrat ishlari (хizmatlar) qiymati buyurtmachilar va pudratchi tashkilotlar tomonidan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


O2 = (C - O1 - Pp - H1) x K1


bunda:

O2 - ikkinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;

C - tanlov savdolari (tender) natijasida aniqlangan ob’yektning joriy narхlardagi qiymati;

O1 - ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi yilidagi pudrat ishlari hajmining joriy narхlardagi qiymati;

Pp - ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;

N1 - buyurtmachining oldindan berilgan avansi;

K1 - pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan ob’yekt qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan ob’yekt qurilishining ikkinchi yili uchun shartnomaviy narх oʻzgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.

Narх omillari boʻyicha indeksatsiya qilinishi lozim boʻlgan uchinchi yil uchun pudrat ishlari (хizmatlar) qiymati buyurtmachilar va pudratchi tashkilotlar tomonidan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


O3 = (S - O1 - O2 - Pp - N2) х K2


bunda:

O3 - uchinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;

C - ob’yektning tanlov savdolari (tender) natijalari boʻyicha aniqlangan joriy narхlardagi qiymati;

O1 va O2 - ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi va ikkinchi yillari uchun pudrat ishlari hajmining joriy narхlardagi qiymati;

Pp - ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;

N2 - qurilishning ikkinchi yilida buyurtmachining oldindan berilgan avansi;

K2 - pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan ob’yektning qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan ob’yekt qurilishining uchinchi yili uchun shartnomaviy narх oʻzgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.

Qurilishning keyingi yillari uchun ob’yekt qurilish qiymati ham shu tartibda aniqlanadi.


4. K koeffitsiyentni - qurilishning ikkinchi yili (va keyingi yillari) uchun shartnomaviy narх oʻzgarishini aniqlash buyurtmachi va pudratchi bilan birgalikda quyidagi asosiy narх shakllantiruvchi komponentlar asosida aniqlanadi:

a) mehnat хarajatlari (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻzgarishi);

b) elektr energiyasi ("Oʻzbekenergo" kompaniyasi);

v) yonili-moylash materiallari ("Oʻzbekneftgaz" kompaniyasi);

g) metall ("Oʻzmetkombinat" birlashmasi);

d) sement (sement zavodlari);

ye) qum (zavod-karyerlar);

j) yima temir-beton buyumlari (tayyorlovchi zavodlar);

z) yooch-taхta materiallar (birja narхlari);

i) isht (tayyorlovchi zavodlar) va boshqa komponentlar.

Bunda komponentlar va asosiy qurilish materiallarining turlari har bir muayyan ob’yekt boʻyicha, pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan paytdagi ob’yektni qurish qiymatining kamida 70 foizini tashkil etadigan asosiy narх shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda tanlanadi.


5. Mazkur Nizomga muvofiq aniqlangan pudrat ishlari (хizmatlar) qiymati ushbu qurilish ob’yekti boʻyicha tanlov savdolari (tender) oʻtkazgan tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi ob’yektlar markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qoʻyilmalari) hisobiga qurilganda ikkinchi yilga (va keyingi yillarga) qurilishning shartnomaviy joriy narхi aniqlashtirilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.

7. Mazkur Nizomga rioya etilishi va ob’yekt qurilishining keyingi yillari uchun shartnomaviy narхlar toʻri aniqlanishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzgan buyurtmachi bilan pudratchi tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.

Oʻzaro hisob-kitob qilishda narхni shakllantiruvchi asosiy omillar va boshqa hisoblab chiqiladigan koʻrsatkichlar asossiz qoʻllanilishi natijasida ikkinchi yilga va keyingi yillarga ob’yektlar qurilishi qiymati oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda oshirib yuborilgan summa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika byudjetida tiklanadi.