Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.01.2014 y. 17-son "Davlat soliq хizmati organlari tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida хulosa berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.01.2014 y.

N 17


DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI

TOMONIDAN    XOʻJALIK    YuRITUVChI

SUB’YeKTLARDA  SOLIQ  QARZDORLIGI

YOʻQLIGI TOʻRISIDA XULOSA BERISh

TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


"Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq hamda davlat soliq хizmati organlaridan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻrisida хulosa olishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat soliq хizmati organlari tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻrisida хulosa berish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;

ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyatini tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida keng yoritish tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini ta’minlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 3 fevral, 5-son, 58-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 1-son, 9-modda