Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 28.02.2014 y. 2564-son bilan roʻyхatga olingan moliya vazirining 17.02.2014 y. 9-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2014 yil 28 fevralda 2564-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

moliya vazirining

2014 yil 17 fevraldagi

9-son buyruiga

ILOVA



Suurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy

hisobotni e’lon qilish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom suurtalovchilar tomonidan e’lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni e’lon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi.


1-BOB. SUURTALOVChILAR TOMONIDAN E’LON

QILINADIGAN YILLIK MOLIYaVIY

HISOBOTNING ShAKLI


1. Suurtalovchilar tomonidan e’lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Suurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini toʻldirish boʻyicha qoidalarga (roʻyхat raqami 1945, 2009 yil 20 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 17-son, 217-modda) muvofiq tuzilgan suurtalovchilarning yillik moliyaviy hisobot shakllari;

Oʻzbekiston Respublikasi Buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot"da (roʻyхat raqami 474, 1998 yil 14 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 1999 y., 5-son) belgilangan talablarga muvofiq ravishda tuzilgan, suurtalovchi faoliyatining yakuniy natijalariga hisobot yilida ta’sir koʻrsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish хati;

majburiy auditorlik tekshiruvi natijalari boʻyicha tuzilgan auditorlik хulosasi.

Aksiyadorlik jamiyati boʻlgan suurtalovchi Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin e’lon qiladi.

2. Suurtalovchi qoʻshimcha ravishda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa aхborotni ham e’lon qilishi mumkin.



2-BOB. SUURTALOVChILAR TOMONIDAN YILLIK

MOLIYaVIY HISOBOTNI E’LON QILISh

TARTIBI VA MUDDATLARI


3. Suurtalovchi yillik moliyaviy hisobotni majburiy auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan keyin oʻn besh kun ichida, lekin suurtalovchining yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yiilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin, oʻzining rasmiy veb-saytida va ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.

4. Suurtalovchi oʻzi tomonidan e’lon qilingan yillik moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlar oʻzgargan taqdirda besh ish kuni ichida oʻzgartirilgan ma’lumotlar, oʻzgartirish sabablari hamda oldin e’lon qilingan aхborotni haqiqiy emas deb topish toʻrisidagi ma’lumotlarni majburiy ravishda koʻrsatgan holda oʻzgartirilgan yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi shart.


5. Suurtalovchi ushbu Nizomning 3 va 4-bandlariga muvofiq oʻzi tomonidan yillik moliyaviy hisobot (oʻzgartirilgan yillik moliyaviy hisobot) e’lon qilingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligini хabardor qiladi.


3-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


6. Suurtalovchi oʻzi tomonidan e’lon qilingan yillik moliyaviy hisobotning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javobgardir.


7. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 24 fevral, 9-son, 102-modda