Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30.04.1998 y. 605-I-son "Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

30.04.1998 y.

N 605-I



"DEHQON XOʻJALIGI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNINI AMALGA KIRITISh

TARTIBI HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining "Dehqon хoʻjaligi toʻrisida"gi Qonuni 1998 yil 1 iyuldan amalga kiritilsin. Mazkur Qonunning amalga kiritilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 18 martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan "1998-2000 yillardagi davrda qishloq хoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturida" nazarda tutilgan muddatlar va tadbirlarga muvofiq ravishda ta’minlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini "Dehqon хoʻjaligi toʻrisida"gi Qonunga muvofiq holga keltirsin;

amaldagi shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarni dehqon хoʻjaliklariga aylantirish tartibini tasdiqlasin;

vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3. 1998 yilning 1 iyulidan e’tiboran Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlari butunlay yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Dehqon хoʻjaligi toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 10, 403-moddada);

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Dehqon хoʻjaligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqidagi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 10, 404-modda);

Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuni IV boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 241-modda).



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                          E. Xalilov