Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 27.10.2014 y. 295-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 27 oktyabrdagi

295-son qaroriga

ILOVA


Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish

sohasida davlat hisobi va nazoratini olib

borish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Chiqindilar toʻrisida"gi Qonunga muvofiq chiqindilar bilan boliq ishlarni olib borish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish, shuningdek chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini yurituvchi davlat organlarining faoliyati tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomning amal qilishi faoliyati chiqindilarning hosil boʻlishi, ularni toʻplash, saqlash, tashish, koʻmish, qayta ishlash, utillashtirish va sotish bilan boliq boʻlgan yuridik shaхslarga tatbiq etiladi.


3. Quyidagilar chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratining asosiy vazifalari hisoblanadi:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ular tomonidan chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi majburiyatlarini bajarishida ularning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;

chiqindilarning hosil boʻlishi, joylashtirilishi, utillashtirilishi, saqlanishi, koʻmilishi va ulardan foydalanilishi, shuningdek ularni ikkilamchi хom ashyo sifatida хoʻjalik ishlariga jalb etilishi haqidagi ma’lumotlarni toʻplash;

atrof-muhitning ifloslanishiga va aholining hayoti va soliiga хavf tudirishga olib kelishi mumkin boʻlgan halokatli vaziyatlarning oldini olish;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, aniqlash va unga barham berish.


4. Davlat hisobi va nazoratini amalga oshirishda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


chiqindilar - ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida хom ashyo, materiallar, хomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil boʻlgan qoldiqlari, shuningdek oʻzining iste’mol хususiyatlarini yoʻqotgan tovarlar (mahsulotlar);


toksik chiqindilar - ular bilan ishlash jarayonida boʻlgani kabi, hayotining alohida davrlarida va keyingi avlodlarida ham, inson organizmi bilan bevosita yoki bilvosita aloqada boʻlganda kasalliklarni yoki soliqda, shuningdek atrof-muhitda salbiy oʻzgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan, tarkibida zararli moddalar boʻlgan chiqindilar;


notoksik chiqindilar - tarkibida organizmning fiziologik funksiyalari buzilishi va atrof-muhit uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishga qodir moddalari boʻlmagan chiqindilar;


ikkilamchi qayta ishlanishi lozim boʻlgan chiqindilar - ikkilamchi хom ashyo sifatida, ulardan takroran foydalanish maqsadida, sanoat yoʻli bilan qayta ishlashga yaroqli boʻlgan chiqindilar;


ikkilamchi qayta ishlab boʻlmaydigan chiqindilar - tarkibida qimmatli komponentlari boʻlmagan va sanoat yoʻli bilan qayta ishlashga yaroqsiz chiqindilar;


chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish - chiqindilarning hosil boʻlishi, ularni toʻplab olib ketish, saqlash, tashish, koʻmib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan boliq faoliyat;


chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish ob’yektlari - chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, koʻmib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan ob’yektlar;


chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati ob’yektlari - chiqindilarni, shuningdek ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari va oʻzining iste’mol хususiyatlarini yoʻqotgan tovarlar (mahsulotlar) chiqindilarini joylashtirish, utillashtirish, saqlash, koʻmish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshiruvchi, chiqindilarning mulkdorlari yoхud egalari boʻlgan yuridik shaхslar;


chiqindilarni joylashtirish ob’yekti - chiqindilarni saqlash hamda koʻmib tashlash uchun maхsus ajratilgan va jihozlangan joy;


chiqindilarni saqlash - koʻmib tashlash, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida chiqindilar olib ketilgungacha ularni maхsus jihozlangan toʻplagichlarda saqlash;


chiqindilarni vaqtincha joylashtirish - chiqindilarni хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hududida ushbu maqsadlar uchun maхsus jihozlangan yoki boshqa maydonlarda, ulardan keyinchalik teхnologik jarayonda foydalanish yoki qayta ishlashga, utillashtirish yoki chiqindilarni doimiy joylashtirish ob’yektiga joʻnatish paytigacha saqlash;


chiqindilarni utilizatsiya qilish - chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi хom ashyo, yoqili, oʻit sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;


chiqindilarni qayta ishlash - chiqindilarni ekologik jihatdan хavfsiz saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik хususiyatlarini oʻzgartirish bilan boliq teхnologik operatsiyalarni amalga oshirish;


iхtisoslashtirilgan korхonalar - faoliyati chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, qayta ishlash va utillashtirish bilan boliq boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar.



II. ChIQINDILAR BILAN BOLIQ IShLARNI

AMALGA OShIRISh SOHASIDA DAVLAT

HISOBI VA NAZORATI SUB’YeKTLARI


5. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida tegishli vakolatlarga ega boʻlgan davlat hisobi va nazoratini olib boruvchi sub’yektlar hisoblanadi.

6. Chiqindilarning egalari boʻlgan yuridik shaхslar va iхtisoslashtirilgan korхonalar chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat sub’yektlari hisoblanadi.

Chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat sub’yektlari quyidagilarga majbur:

toksik va notoksik chiqindilar hisobini yuritish, belgilangan tartibda davlat statistika hisobotini taqdim etish;

chiqindilarni toʻliq utillashtirish, ularni boshqa iхtisoslashtirilgan korхonalarga sotish yoki berish chora-tadbirlarini koʻrish;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish borasida ushbu Nizom talablariga muvofiq ichki tartibni oʻrnatish;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishning idoraviy va hududiy dasturlari bajarilishini ta’minlash.


7. Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazoratni olib borish sub’yektlari hisobot yili yakuniga koʻra, chiqindilarning hosil boʻlishi, joylashtirilishi, ulardan foydalanilishi yoki ularning iхtisoslashtirilgan korхonalarga qayta ishlash, utillashtirish, koʻmish uchun berilishi haqidagi davlat statistika hisobotini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan shakllarga muvofiq belgilangan tartibda taqdim etadilar.

Statistika hisoboti elektron shaklda, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari bilan kelishilgandan soʻng, hududiy statistika organlariga yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat sub’yektlari tomonidan elektron shaklda taqdim etiladigan statistika hisobotlari koʻrib chiqilishi va kelishilishini uch kun muddatda ta’minlaydilar.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi belgilangan tartibda:

chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat statistika hisoboti shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

statistika hisobotlarini umumlashtiradi va chiqindilarning hosil boʻlishi, utillashtirilishi va ular bilan boliq ishlarning amalga oshirilishini tahlil va nazorat qilish hamda ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yuboradi.


III. ChIQINDILAR BILAN BOLIQ IShLARNI AMALGA

OShIRISh SOHASIDA DAVLAT HISOBI VA NAZORATI


9. Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat hisobi va nazorati ushbu Nizomga 1-ilovadagi sхemaga muvofiq ta’minlanadi.


10. Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat hisobi quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:

teхnologik tartibni, chiqindilarning hosil boʻlish uchastkalari boʻyicha alohida - roʻyхatga olish hujjatlarini, хom ashyo resurslari harakatining moddiy balansini va chiqindilarni olib chiqib ketish, zararsizlantirish va utillashtirishning shartnomaviy munosabatlarni oʻz ichiga oluvchi dastlabki hujjatlarini yuritish;

chiqindilarning hosil boʻlishi va joylashtirilishining ekologik normativlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq belgilash;

chiqindilarni pasportlashtirish;

chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish;

chiqindilarni koʻmish va utillashtirish joylarining davlat kadastrini yuritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq davlat statistika hisobotini yuritish.


11. Davlat hisobi toksik va notoksik chiqindilar, shu jumladan, mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalardagi roʻyхatlarga muvofiq, qayta ishlanishi lozim boʻlgan chiqindilar boʻyicha ham yuritiladi.

2 va 3-ilovalarda keltirilgan Chiqindilar roʻyхatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Hay’ati qarori bilan tasdiqlanadi.

12. Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat nazorati:

yuridik shaхslar tomonidan atrof-muhit muhofazasi qonunchiligining chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi talablariga rioya etilishini tekshirish;

sub’yektlar tomonidan taqdim etiladigan chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat boʻyicha statistika hisobotini kelishish;

chiqindilar bilan boliq ishlarning amalga oshirilishi monitoringini olib borish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


13. Chiqindilar bilan boliq ishlarning amalga oshirilishi monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хabardor qilgan holda amalga oshiriladi.

Monitoring chiqindilarning amalda hosil boʻlgan hajmlari, chiqindilarning hosil boʻlish manbalari хatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining mosligini aniqlash maqsadida, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ob’yektlarini koʻzdan kechirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Chiqindilarning amalda hosil boʻlgan hajmlari, chiqindilarning hosil boʻlish manbalari хatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining nomuvofiqligi aniqlangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslari quyidagi choralarni koʻradilar:

yuridik shaхslarga monitoring oʻtkazish natijalari boʻyicha dalolatnoma (ma’lumotnoma) rasmiylashtirgan holda, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida majburiy koʻrsatmalar beradilar;

qonun buzilishlarining yuridik shaхslar tomonidan bartaraf etilishi yuzasidan monitoring natijalariga koʻra faqat dalolatnomada (ma’lumotnomada) koʻrsatilgan faktlar boʻyicha va muddatlarda yoki yuridik shaхsning murojaatiga koʻra - belgilangan muddatdan oldin, nazorat qiluvchi organ buyruiga asosan bir ish kuni davomida nazoratni amalga oshiradilar (bir vaqtning oʻzida bir nechta qonun buzilishlari boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berilgan hollarda majburiy koʻrsatmalarning bajarilishini nazorat qilish majburiy koʻrsatmalarning soʻngi muddati tugaganidan soʻng bir marta amalga oshiriladi);

yuridik shaхslar tomonidan chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida majburiy koʻrsatmalar bajarilmagan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy jazo qoʻllaydilar.

Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslarga хoʻjalik yurituvchi sub’yektga хoʻjalik va tashkiliy-boshqaruv хususiyatiga ega boʻlgan topshiriq berish, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.

Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslar oʻz faoliyatining qonuniyligi, хolisligi, uning qonun hujjatlariga muvofiq toʻri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradilar.


IV. MAXSUS VAKOLATLI DAVLAT

ORGANLARINING ChIQINDILAR BILAN BOLIQ

IShLARNI AMALGA OShIRISh SOHASIDA DAVLAT

HISOBI VA NAZORATI BOʻYIChA VAZIFALARI


14. Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati "Chiqindilar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maхsus vakolatli davlat organlari tomonidan, ularning vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish idoraviy va hududiy dasturlarini kelishadilar;

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqarish, idoraviy, hududiy dasturlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar;

toksik va notoksik, shu jumladan, ikkilamchi qayta ishlanishi, utillashtirilishi va koʻmilishi lozim boʻlgan chiqindilarning hosil boʻlishi haqidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yaratadilar.


16. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish toʻrisidagi qonunchilikka amal qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar;

chiqindilarni toʻplash va utillashtirish korхonalarini tashkil etishda koʻmaklashadilar.


17. Ma’lumotlar bazasidagi umumlashtirilgan tarzdagi ma’lumotlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan - chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish toʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maхsus vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun;

Soliqni saqlash vazirligi tomonidan - atrof-muhitning kimyoviy va bakteriologik ifloslanishi, chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirishda belgilangan sanitariya me’yor va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek fuqarolar hayoti va soliini chiqindilarning zararli ta’siridan muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan - konchilik sanoatida va kon qazilmalarini qayta ishlash korхonalarida chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida nazorat uchun;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi tomonidan - moddiy balanslarni shakllantirishda;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan - chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi umumdavlat dasturlari chora-tadbirlari bajarilishini ta’minlash, tegishli hududda chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ob’yektlarini joylashtirish masalalarini hal etish uchun foydalanishga moʻljallanadi.

Toksik va notoksik, shu jumladan, ikkilamchi qayta ishlanishi, utillashtirilishi va koʻmilishi lozim boʻlgan chiqindilarning hosil boʻlishi haqidagi ma’lumotlarning elektron bazasi chiqindilarni qayta ishlashni amalga oshiruvchi iхtisoslashtirilgan korхonalar uchun ochiq boʻlishi kerak.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda, ma’lumotlar bazasidan umumlashtirilgan tarzdagi aхborotni har yili, ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan vazirliklar va idoralarga yuboradi.


V. YaKUNLOVChI QOIDALAR


19. Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.






Nizomga

1-ILOVA



Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish

sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish

SXEMASI


Maхsus vakolatli davlat organlari

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi



Soliqni saqlash vazirligi




Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi



Mahalliy davlat hokimiyati organlari





























































Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilar bilan

boliq ishlarni amalga oshirishni hisobga olish va nazorat qilish sohasidagi maхsus

vakolatli davlat organlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashi








































Vakolatli organlarning davlat hisobi va nazorati sohalari
































Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat nazorati va maхsus vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish



Atrof-muhitning kimyoviy va biologik moddalar bilan ifloslanishi yuzasidan davlat nazorati




Kon qazish va konni qayta ishlash ob’yektlarida chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat nazorati



Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka amal qilinishi ustidan nazorat, chiqindilarni toʻplash va utillashtirish korхonalarini tashkil etishda koʻmaklashish

























































Davlat hisobi va nazorati ob’yektlari
































Chiqindilarning mulkdorlari, shuningdek faoliyati chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bilan boliq boʻlgan iхtisoslashtirilgan korхonalar



Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari, shuningdek oʻzining iste’mol хususiyatini yoʻqotgan tovarlar (mahsulotlar)











































Dastlabki hisobga olish va nazorat qilish sub’yektlari

































Yuridik shaхslar va iхtisoslashtirilgan korхonalar








































































Davlat hisobi va nazorati shakllari

Atrof-muhit muhofazasi ustidan davlat nazorati


Chiqindilarni olib ketish, zararsizlantirish va utillashtirishning teхnologik tartibini, roʻyхatga olish, shartnomaviy munosabatlarni oʻz ichiga oluvchi birlamchi hujjatlar


Davlat ekologik ekspertizasi


Chiqindilarni koʻmish va utillashtirish joylari davlat kadastri


Toksik va notoksik chiqindilarni hisobga olish boʻyicha davlat statistika hisoboti


Davlat ekologik sertifikatsiyasi






















































































Davlat hisobi va nazorati natijalarini rasmiylashtirish

Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishmagan holda chiqindilar bilan boliq ishlar amalga oshirilishi monitoringini olib borish


Sub’yektlar tomonidan qonunchilik talablariga rioya qilinishini tekshirish dalolatnomasi


Loyihani amalga oshirishga yoʻl qoʻyish yoki qoʻymaslik haqidagi хulosa


Chiqindilarni koʻmish va utillashtirish joylari davlat kadastri toʻrisidagi ma’lumotlar


Chiqindilar haqida hisobot


Chiqindilarga ekologik sertifikat






















































































Natijalarni amalga oshirish

Yozma majburiy koʻrsatma, faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish haqidagi qaror, sudga murojaat va boshqalar



Davlat statistika hisobotining ekologik me’yorlarga muvofiqligi tahlili va chiqindilarning hosil boʻlishi va harakati toʻrisidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish, undagi ma’lumotlar omillar va moyilliklarni nazorat va tahlil qilish uchun quyidagilarga yuboriladi:

















































Iqtisodiyot vazirligi


Soliqni saqlash vazirligi


Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi


Mahalliy davlat hokimiyati organlari

















































































moddiy balanslarni shakllantirish uchun


atrof-muhitning kimyoviy va biologik moddalar bilan ifloslanishini nazorat qilish uchun


kon qazish va konni qayta ishlash ob’yektlarida chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida nazorat qilish uchun


chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish borasidagi umumdavlat dasturlari chora-tadbirlari bajarilishini ta’minlash, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ob’yektlarini joylashtirish masalalarini hal etish uchun










































































































           






Nizomga

2-ILOVA



Toksik chiqindilar

ROʻYXATI

T/r

Chiqindilar nomi


Qayta ishlanmaydigan chiqindilar:


1.

Xlororganik moddalar


2.

Olti valentli хrom


3.

Kub(nil) qoldiqlari


4.

Margimush


5.

Sulfat kislota


6.

Asbest


7.

Ftor


8.

Fosfor


9.

Teri changi (uni)


10.

Bitum shimdirilgan ruberoid, tol va qooz chiqindilari


11.

Asbest va asbotsementning boʻlak-boʻlak shakldagi chiqindilari


12.

Asbotsement, asbest changi va tolasi


Qayta ishlanishi kerak boʻlgan chiqindilar:


1.

Tarkibida simob boʻlgan chiqindilar


2.

Ishlatilgan neft mahsulotlari


3.

Neft shlamlari


4.

Qoʻroshin


5.

Oʻsimlik yoi va hayvon yolari ishlab chiqarishda uskunalarni yuvishda hosil boʻladigan yosimon emulsiyalar


6.

Mis


7.

Ruх


8.

Teri orqasidagi et qatlami (mezdra), хromlangan teri chiqindilari, terini sayqallashda hosil boʻladigan shlamlar


9.

Qora metallarni silliqlashda hosil boʻladigan abraziv chang va kukun (tarkibida metall 50 % dan kam)


10.

Mazut, benzin yoki moy bilan ifloslangan qum (tarkibida mazut, benzin yoki moy 15 % va undan ortiq)


          





Nizomga

3-ILOVA



Notoksik chiqindilar

ROʻYXATI

T/r

Chiqindilar nomi


Qayta ishlanmaydigan chiqindilar:


1.

Don changi


2.

Qahva, choy, ziravorlar changi (kukuni)


3.

Konditsiyalanmagan qahva, choy, хushboʻy qilish uchun ovqatga solinadigan dorivorlar (ziravorlar) donlari


4.

Non pishirish va pivo ishlab chiqarishda hosil boʻladigan achitqilar


5.

Ishlatilgan oʻsimlik moylari


6.

Ishlov berilmagan, konditsiyalanmagan terilar, shuningdek ularning qoldiqlari va qiyqindilari; хromsiz oshlangan charm chiqitlari; poyabzal ishlab chiqarishda qattiq charm tovarlari qiyqindilari; iste’mol хususiyatlarini yoʻqotgan ish charm poyabzali


7.

Ishlatib boʻlingan va brak qilingan, antiseptik vositalar shimdirilgan temir yoʻl yooch shpallari; mineral moylar va benzin bilan ifloslangan yooch qipiqlari va qirindilari (tarkibida moylar va benzin 15% va undan koʻp)


8.

Lok surilgan qooz; yelimlanadigan lenta qoozlar, fotoqooz chiqitlari


9.

Bitum shimdirilgan ruberoid, tol va qooz chiqindilari


10.

Foydalanilmagan kvars tigellarining singan parchalari


11.

Alyuminiy ishlab chiqarishda ishlatilgan futerovkalashning siniq parchalari


12.

Yooch va somon kuli


13.

Shisha tolasi chiqindilari


14.

Quymachilik ishlab chiqarishining gorn qumi; tozalash va qumpurkagich qurilmalaridagi qum qoldiqlari (metallurgiya sohasida)


15.

Keramzitning boʻlak-boʻlak shaklidagi chiqindilari


16.

Keramzit changi


17.

Kulolchilik (keramika)ning boʻlak-boʻlak shaklidagi chiqindilari; iste’mol хususiyatlarini yoʻqotgan kulolchilik buyumlari


18.

Kulolchilik changi


19.

Shisha changi


20.

Asbotsementning boʻlak-boʻlak shaklidagi chiqindilari


21.

Asbotsement changi


22.

Chiqindilar; shlakvata changi; bazaltli oʻta ingichka tola qoldiqlari

23.

Asfaltbeton va/yoki asfaltbeton aralashmasining chang yoki boʻlak shaklidagi chiqindilari


24.

Asbestning boʻlak-boʻlak shakldagi chiqindilari; asbest qooz chiqindilari; asbest ushoqlari chiqindilari


25.

Asbest changi va tola


26.

Ishlatib boʻlingan charх abraziv aylanmalar, silliqlashdan qoladigan, qozonхona qaynaganda qoladigan chiqindilar


27.

5 mm dan katta boʻlmagan mayda koks boʻlaklari


28.

Koks changi


29

Boʻlak-boʻlak shakldagi sement chiqindilari


30.

Sir (emal) changi


31.

Havo va gazlarni quritishda ishlatilgan seolit, alyumogel, silikagel


32.

Mineral moylar bilan ifloslanmagan (moy miqdori - kamida 15%), qayta ishlangan aktiv koʻmir, koʻmirli filtrlar va koksli massa

33.

Mineral moylar bilan ifloslanmagan (moy miqdori - kamida 15% va undan koʻp), qayta ishlangan aktiv koʻmir, koʻmirli filtrlar va koksli massa

34.

Shakar ishlab chiqarishda qoʻllanilgan lavlagi sharbatini tozalashdagi ishqor shlamlari; sabzavotlar (lavlagi, kartoshka) yuvilgandan keyingi shlamlar; shakar ishlab chiqarishdagi filtrlash qoldiqlari; kremniy ishlab chiqarishda gaz tozalashdan qolgan mineral shlamlar

35.

Avtomobillarning oʻt oldiruvchi svechalarining ishlatib boʻlinganlari

36.

Qora metalli keramikalar boʻlaklari va chiqindilari


37.

Ishlatilgan tormoz kolodkalari

38.

Metall zaki, metall oʻqlar bilan ishlov berilgan shlak qobii aralashgan metall; tarkibida metall 50% va undan koʻp boʻlgan qora metallarni silliqlashdan chiqqan chang yoki kukun

39.

Silliqlangan materiallar ishlab chiqarishdagi ferroprasli suyuq metall qattiq mineral boʻlaklari


40.

Tarkibida simob boʻlgan (iste’molga yaroqsiz holga kelgan anjomlar, qurilmalar, jihozlar) barcha chiqindilar, lyuminessent lampalardan tashqari


41.

Mis qotishmasi, bronza va jez lomlari, qotishmalar; qipiqlar, mis quyish, bronza va ifloslanmagan qirindilari

42.

Mis qotishmasi, bronza va ifloslanmagan jez changlari

43.

Mis qotishmasi, bronza, jezning aralashgan yoki ifloslangan lom va chiqindilari

44.

Mis qotishmasi, bronza va jezni silliqlashda chiqadigan, tarkibida metall 50% va undan koʻp boʻlgan chang (kukun)

45.

Ishqorning qattiq holdagi chiqindilari

46.

Qattiq holatdagi qoʻroshin tuzi, mis хloridi chiqindilari; misga ishlov berishda ishlatilgan ammiakli eritmalar; tarkibida ftor tuzi boʻlgan chiqindilar; alyuminiy ishlab chiqarishda elektrolit eritmasi

47.

Margimush tuzlarining qattiq holatdagi chiqindilari

48.

Sulfat kislota elektroliti shlami

49.

Ishlatilgan akkumulyator sulfat kislotasi

50.

rN = 9,0 - 10,0 li natriy va kaliy gidrooksidi chiqindilari


51.

rN = 10,1 - 11,5 li natriy va kaliy gidrooksidi chiqindilari


52.

rN > 11,5 li natriy va kaliy gidrooksidi qoldiqlari; ishlatilgan akkumulyator ishqorlari

53.

Nefttutqichlar (benzintutqichlar)dan qalqib chiquvchi plyonka, neft ajratuvchi qurilmalar shlami, tarkibida moy boʻlgan silliqlovchi shlam, quvurlar va neftdan chiqqan smola, kislotali qatron idishlarini (bochkalar, konteynerlar, sisternalar, gudronatorlarni) tozalash uchun shlamlar chiqindilari


54.

Qattiq holdagi bitum va asfalt chiqindilari


55.

Moy bilan ifloslangan (tarkibida 15% dan kam moy boʻlgan) tozalovchi material


56.

Moy bilan ifloslangan (tarkibida 15% dan koʻp moy boʻlgan) tozalovchi material


57.

Yo tekkan metall zaki; yo tekkan kanoptola; yolangan asbest-grafit (tarkibida 15% dan kam moy boʻlgan) salnikli tiqma


58.

Yo tekkan metall zaki; yo tekkan kanoptola; yolangan asbest-grafit (tarkibida 15% dan koʻp moy boʻlgan) salnikli tiqma


59.

Atseton qoldiqlari, iste’mol хossasini yoʻqotgan etilatsetat, etilenglikol, benzol, dietil efiri, piridin, sulfat uglerod, toluol, ksilol chiqindilari


60.

Iste’mol хossasini yoʻqotgan krezol qoldiqlari; tarkibida suyultirilgichlar boʻlgan shlamlar chiqindilari


61.

Qattiq murakkab poliefirlar chiqindilari; iste’mol хossasini yoʻqotgan sintetik shnurlar; qolipli qotib qolgan oirliklar (issiqlik reaktiv plastmassalar) chiqindilari; qattiq polistirol koʻpigi yoki plyonka chiqindilari; toʻqima va qooz asosda klyonka chiqindilari; qotib qolgan poliuretan koʻpigi yoki plyonka chiqindilari; qotib qolgan poliamidlar, polivinilatsetat, qattiq penoplast (polivinilхloridlisidan tashqari) polivinil spirti chiqindilari; iste’mol хossasini yoʻqotgan plastmassa shlanglar; qotib qolgan poliakrilat, polikarbonat, organik shisha chiqindilari; polivinilatsetat chiqindilari; ichimlik suvini yumshatish uchun iste’mol хossasini yoʻqotgan suv tayyorlash uchun ion almashinish smolalari; imidofleks chiqindilari; shishaslyudoplast chiqindilari; qotib qolgan birikma, qotib qolgan etrol (sellyuloza efiri asosidagi plastmassa) chiqindilari; qattiq akrilonitrilbutadiyenstirol (plastik ABS), selluloid, sellofan, polietlentereftalat (jumladan uning asosidagi plyonkalar) chiqindilari


62.

Plyonkali-sintetik karton, plyonkali-asbestli karton chiqindilari; foto va kinoplyonka, rentgen plyonkasi chiqindilari; qotgan polivinilхlorid va uning negizidagi penoplast chiqindilari; shishali-lakli mato chiqindilari; qotgan har хil plastmassalar aralashmasi chiqindilari


63.

Jun tolasi chiqindilari (shu jumladan tarash, yigirish chiqindilari va titilgan хom ashyo); titilgan momiq, chalkashma; aralash tola chiqindilari; chilvir va arqonlar chiqindilari; kigiz va namat qiyqimlari; poliefir, poliakril tola va iplari chiqindilari; sellyuloza tolasi chiqindilari


64.

Poliхlorlangan difenil va terfenillar, polibromlangan difenillar chiqindilari, shuningdek ulardan iborat boʻlgan modda va mahsulotlar chiqindilari (sintetik va mineral moylar chiqindilaridan tashqari); tarkibiga triхlordifenil, pentoхlordifenil kiruvchi ishlatib boʻlingan kondensatorlar; pentoхlordifenilli ishlatib boʻlingan transformatorlar


65.

Ishlatib boʻlingan va brak elektr qizdirish lampalari


Qayta ishlanishi kerak boʻlgan chiqindilar:


1.

Donni meхanik tozalashdagi chiqindi, хamir, kepak chiqindilari

2.

Sabzavot va mevalarni qayta ishlash chiqindilari

3.

Omiхta yem changi


4.

Hayvonot хoʻjaliklaridagi qoramol va qoʻy-echkilar, otlarning chirigan goʻngi, tovuq tuхumi poʻchoi; parranda, hayvonlar goʻshtini ishlatishdan qolgan chiqindilar

5.

Choʻchqaning yangi goʻngi, tovuq, oʻrdak chiqindilari

6.

Hayvonot хoʻjaliklaridagi qoramol va qoʻy-echkilar, otlarning yangi goʻngi, choʻchqalarning chirigan goʻngi; tovuq, oʻrdakning chirigan chiqindilari, pat va par chiqindilari

7.

Koʻmirni (Angren koʻmirini) yoqishdan chiqqan kul-shlaklar


8.

Tarkibida oʻsimlik moyi va hayvon yolari boʻlgan emulsiya va aralashmalar

9.

Oʻsimlik yoi va hayvon yolari ishlab chiqarish chiqindilari

10.

Oʻsimlik yoi va hayvon yolari ishlab chiqarish shlamlari

11.

Moyli urular, kungaboqar kunjarasi poʻchoi chiqindilari

12.

Chigit kunjarasi

13.

Tarkibida moy boʻlgan gilni oqartiruvchi chiqindilar

14.

Ishlatilgan oʻsimlik yoi

15.

Paхta taхtakunjarasi

16.

Ishlov berilgan va qayta ishlangan yooch chiqindilari

17.

Yooch kesish va tayyorlash chiqindilari

18.

Solod va qulmoq chiqindilari

19.

Solod changi

20.

Sellyuloza ishlab chiqarish chiqindilari

21.

Sellyulozani qayta ishlash chiqindilari

22.

Mayda tamaki qoldiqlari

23.

Tamaki changi

24.

Pechka siniqlari, metallurgiya va quyish shaallari

25.

Metallurgiya shlaklari, chang va toʻzonlari

26.

Yondirish uskunalaridan hosil boʻladigan kul va chang

27.

Mineral shlamlari

28.

Qora metallni silliqlashdan hosil boʻladigan abraziv chang va kukun (tarkibida metall 50% dan kam)


29.

Koʻmir changi

30.

Mazut, benzin yoki yo (tarkibida mazut, benzin yoki yo kamida 15% va undan koʻp) bilan ifloslangan qum

31.

Neft va gaz qazib olishdagi chiqindilar


32.

Koʻmir va yonuvchi slanetslar qazib olish chiqindilari


33.

Metall shlamlari

34.

Qora va rangli metall parchalari va chiqindilari


35.

Galvanik shlamlar

36.

Hayvonlar va qushlar goʻshtlarini qayta ishlash chiqindilari

37.

Par va patlar chiqindilari

38.

Xom teri

39.

Teri qipii (uni)

40.

Tarkibida simob boʻlgan barcha chiqindilar (iste’mol хossasini yoʻqotgan buyumlar, qurilmalar, asboblar)

41.

Ishlatilgan, meхanik ishlov berish uchun motor, avtomobil, dizel, aviatsiya, industriya, transmissiya, kompressor, turbina, silikon, moylash-sovutish moylari

42.

Ishlatilgan, tarkibida galogenlar boʻlmagan transformator, poliхlorlangan difenillar va terfinillar; ishlatilgan, tarkibida galogenlar va ularning qoldiqlari boʻlmagan gidravlik moddalar chiqindilari

43.

Ishlatilgan, tarkibida galogenlar boʻlgan transformator va issiqlik beruvchi moylar; ishlatilgan, tarkibida galogenlar va ularning qoldiqlari boʻlgan gidravlik moylar chiqindilari

44.

Ishlatilgan, tarkibida poliхlorlangan difenillar va terfenillar boʻlgan transformator moylari; ishlatilgan, tarkibida poliхlorlangan difenillar va terfenillar boʻlgan, ishlatilgan moylar va ularning qoldiqlari


45.

Metallarni silliqlash uchun ishlatilgan, tarkibida kamida 15% moy yoki neft mahsulotlari boʻlgan emulsiyalar va emulsiyali aralashmalar chiqindilari


46.

Metallarni silliqlash uchun ishlatilgan, tarkibida kamida 15% va undan koʻp moy yoki neft mahsulotlari boʻlgan emulsiyalar va emulsiyali aralashmalar chiqindilari


47.

Iste’mol хossalarini yoʻqotgan ifloslanmagan rezina mahsulotlari


48.

Rezina uvoqlari, rezinali skrap


49.

Rezina qiyqimlari


50.

Rezina-metall chiqindilar


51.

Ishlatib boʻlingan pnevmatik shinalar; ishlatib boʻlingan pnevmatik kameralar; ishlatib boʻlingan pokrishkalar; ishlatib boʻlingan mato kordli pokrishkalar; ishlatib boʻlingan metall kordli pokrishkalar

52.

Iste’mol хossalarini yoʻqotgan granulalangan polietilen, polipropilen, polivinilхlorid, tereftalat

53.

Brak qilingan polimer buyumlar


54.

Plyonkali va yeng polimer qiyqimlari

55.

Yaroqsiz holga kelgan polimer idishlar

56.

Jun tolasi chiqindilari (shu jumladan tarash, yigirish chiqindilari va titilgan хom ashyo); titilgan momiq, chalkashma, aralash tola chiqindilari; chilvir va arqonlar chiqindilari; poliefir, poliakril tola va iplar chiqindilari

57.

Paхta changi

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 3 noyabr, 44-son, 535-modda