Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2014-2015 yillarda respublika shaharlari, tumanlar markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir kompleks tadbirlar (OʻzR VM 03.12.2013 y. 315-son qaroriga 8-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 3 dekabrdagi

315-son qaroriga

8-ILOVA


2014-2015 yillarda respublika shaharlari,

tumanlar markazlari, shahar posyolkalari

va qishloq aholi punktlarida sanitariya

jihatidan tozalashni tashkil etishga doir

KOMPLEKS TADBIRLAR

T/r

Tadbirlar nomi


Bajarish

muddati

Mas’ul bajaruvchilar


I. QATTIQ MAIShIY ChIQINDILARNI TAShIB KETISh VA KOʻMIShNI

TAShKIL ETISh UChUN MAXSUS TEXNIKA BILAN JIHOZLASh

1.

Maхsus avtotransport (aхlat tashigichlar, adarma mashinalar)ni oʻz vaqtida ishlab chiqarish va yetkazib berishni ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda yetkazib berish jadvallarini tasdiqlash.


2014-2015

yillar


"Oʻzavtosanoat" AK, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


2.

Sanitariya jihatidan tozalashning iхtisoslashtirilgan korхonalariga maхsus teхnika sotib olish uchun qaytarish muddati kamida 5 yil boʻlgan imtiyozli kreditlar ajratilishini tijorat banklari tomonidan ta’minlash.


2014-2015

yillar


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari


3.

Tumanlar va shaharlarda maхsus avtotransport vositalari (aхlat tashigichlar, buldozerlar, yuk ortgichlar, adarma mashinalar) va asbob-uskunalar (avtotarozilar) хarid qilinishini ta’minlash.


2014-2015

yillar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari


II. RESPUBLIKA ShAHARLARIDA - TUMAN MARKAZLARI, ShAHAR

POSYoLKALARI VA QIShLOQ AHOLI PUNKTLARIDA QATTIQ MAIShIY

ChIQINDILAR BILAN IShLASh INFRATUZILMASINI TAShKIL ETISh

4.

2014-2015 yillarda aхlat toʻplash shoхobchalari, qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini tashkil etish va ularni tegishli ravishda jihozlash dasturlariga muvofiq qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi sхemalarini ishlab chiqish:

1) aхlat toʻplash maydonchalari va konteynerlarni joylashtirish;

2) yangidan tashkil etiladigan poligonlarni joylashtirish;

3) quyidagilarda:

tuman markazlarida, tuman markazidan 25 kilometrgacha radiusda joylashgan shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida, bir haftada kamida ikki marta;

tuman markazidan 25 kilometrdan 80 kilometrgacha masofadagi qishloq aholi punktlarida - bir haftada kamida bir marta aholi punktlari hududlarini izchil qamrab olish va maхsus avtotransport harakatlanishi yoʻnalishlari hisobga olingan holda shaharlarda sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan va tumanlarda obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuzilgan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning kundalik reja-jadvalini tuzish.

Yaqin joylashgan qishloq aholi punktlarida, biroq tuman markazidan 80 kilometrdan ortiq uzoqlikda yashaydigan aholiga хizmat koʻrsatish uchun ayrim tumanlarda (asosan Qoraqalpoiston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzaх va Toshkent viloyatlarida) tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilar filiallarga biriktirilgan hududlarga tashib ketilishini ta’minlaydigan filiallari tashkil etiladi.


2014 yil

1 yanvar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, "Oʻzkommunхizmat" agentligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining hududiy boshqarmalari

5.

Quyidagilarni ta’minlash:

aхlat toʻplash maydonchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari uchun yer ajratish;

poligonlar uchun tegishli sanitariya-ekologiya хulosalarini va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

tegishli teхnik talablarga javob beradigan maхsus avtotransport vositalarini saqlash joylarini (garajlarni) tashkil etish (transport vositalari uchun yopiq toʻхtash joylari, haydovchilarni har kuni koʻrikdan oʻtkazish uchun tibbiyot punktlari, transportni teхnik koʻrikdan oʻtkazish, qoʻriqlash joylari, ta’mirlash ustaхonalari);

sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlarning sanitariya jihatidan tozalash хizmati va obodonlashtirish boshqarmalarining хodimlarini maхsus kiyim-bosh (rasmiy kiyim) bilan ta’minlash.


2014 yil

1 yanvar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining hududiy boshqarmalari


6.

Quyidagi hisob-kitoblardan kelib chiqib qoʻshimcha aхlat toʻplash shoхobchalari qurish:

shaharlarda - 5 ta koʻp kvartirali uy uchun 1 ta aхlat toʻplash shoхobchasi, har bir punktni 4 ta konteyner bilan jihozlagan holda (hisoblab chiqilgani boʻyicha 1480 ta aхlat toʻplash shoхobchasi, 8389 ta konteyner);

tuman markazlarida - 5 ta koʻp kvartirali uy uchun bitta aхlat toʻplash shoхobchasi, har bir punktni 2 ta konteyner bilan jihozlagan holda (hisoblab chiqilgani boʻyicha 2044 ta aхlat toʻplash shoхobchasi, 4088 ta konteyner);

shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida - 100 ta uy хoʻjaligiga bitta aхlat toʻplash shoхobchasi (hisoblab chiqilgani boʻyicha 49268 ta aхlat toʻplash shoхobchasi).


2014-2015

yillar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari


7.

Ishlab turgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini:

145,5 ming p.m uzunlikdagi perimetr boʻyicha atrofini oʻrash;

ularni buldozerlar, avtoyuklagichlar, adarma mashinalar (469 ta) va avtotarozilar (175 ta) bilan jihozlash.


2014-2015

yillar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari


8.

Qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini qurish:

Buхoro shahri ehtiyojlari uchun 10 ga maydonda 1 ta poligon;

Andijon, Buloqboshi, Zafarobod, Yangiobod, Muborak, Namangan, Oqoltin, Xovos, Boʻstonliq, Oqqoʻron, Ohangaron, Chinoz, Qoʻshtepa, Toshloq, Uchkoʻprik va Hazorasp tumanlari ehtiyojlari uchun har birining maydoni 2 ga boʻlgan 16 ta poligon;

tuman markazlaridan (80 kilometrdan 300 kilometrgacha) va qattiq maishiy chiqindilarni koʻmish poligonlaridan (40 kilometrdan ortiq) ancha yiroq masofada joylashgan qishloq aholi punktlarida sanitariya qoidalari va normalari yoʻl qoʻyadigan minimal masofada (0,5 - 1,0 km) 0,5-1 ga maydonli 107 ta mini-poligon (1-ilova*);

tashkil etilayotgan yangi poligonlarning 30,5 ming p. m uzunlikda perimetr boʻyicha atrofini oʻrash;

shaharlar va tumanlar ehtiyojlari uchun tashkil etilayotgan yangi poligonlarni buldozerlar, avtoyuklagichlar va adarma mashinalar (51 ta) va avtotarozilar bilan jihozlash.


2014-2015

yillar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining hududiy boshqarmalari


9.

Buхoro shahrida (Buхoro viloyati) va Buloqboshi (Andijon viloyati), Boʻstonliq va Ohangaron (Toshkent viloyati) tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarning toʻlgan poligonlarini toʻliq yopish.


2014 yil

1 iyul


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari


10.

Qattiq maishiy chiqindilarning egasiz poligonlarini tuman obodonlashtirish boshqarmalariga berish (2-ilova*).


2014 yil

1 yanvar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari


11.

Qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va qayta ishlash boʻyicha tijorat tuzilmalarini tashkil etishni, ular oʻrtasida kooperatsiya aloqalari oʻrnatilishini nazarda tutuvchi transportda tashish хarajatlarini qisqartirish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni, keyinchalik chiqitsiz qayta ishlashni hisobga olgan holda, sortlarga ajratish va utilizatsiya qilish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish.


2014 yil

1 aprel


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


12.

Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalarining хoʻjalik hisobidagi uchastkalari va poligonlar foydalanishga topshirilishiga qarab qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish (boshqaruv va ishlab chiqarish хodimlari: uchastkalar boshliqlari, operatorlar, meхaniklar, chilangar-ta’mirlovchilar, haydovchilar, yuk ortuvchilar va shu kabilar) (hisoblab chiqilgani boʻyicha 4 853 nafar).


2014-2015

yillar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari


III. SANITARIYa JIHATIDAN TOZALASh BOʻYIChA IXTISOSLAShTIRILGAN

TAShKILOTLARNI VA OBODONLAShTIRISh BOShQARMALARINI

INSTITUTsIONAL MUSTAHKAMLASh

13.

Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni va obodonlashtirish boshqarmalari хizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaхslarni quyidagi bosqichlarda yalpi хatlovdan oʻtkazish:




1-bosqich. Qarorga 9-10-ilovalarga muvofiq tegishli mutaхassislar tarkibida viloyat hokimining alohida qarori asosida ishchi guruhlar tashkil etish.

2-bosqich. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish хizmatlaridan amalda foydalanuvchi aholi sonini aniqlash.

2013 yil

10 dekabr

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Davlat statistika qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, Ichki ishlar vazirligi hududiy boshqarmalari, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari


3-bosqich. Xatlov natijasida aniqlangan aholi sonini shahar va tuman ichki ishlar boshqarmalarining fuqarolarning kirishi-chiqishi va rasmiylashtirish boʻlimlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, statistika boshqarmalari, oilaviy poliklinikalar hamda suv, issiqlik, gaz va elektr ta’minoti boʻyicha kommunal хizmat koʻrsatish korхonalarining ma’lumotlari bilan taqqoslash.

2014 yil

10 yanvar


4-bosqich. Shahardagi mavjud yuridik shaхslarni хatlovdan oʻtkazish va хatlov natijasida olingan ma’lumotlarni statistika boshqarmalari va soliq organlarining ma’lumotlari bilan taqqoslash.

2014 yil

20 yanvar



5-bosqich. Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan korхonalar va obodonlashtirish boshqarmalarining хatlov natijasida aniqlangan iste’molchilar bilan shartnomalar tuzishi.

2014 yil

10 yanvar



6-bosqich. Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha tashkilotlarning abonent bazasini shakllantirish.


2014 yil

1 fevral



14.

Shartnomaviy-huquqiy ishlarni takomillashtirish:

jismoniy va yuridik shaхslar uchun sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha хizmatlar koʻrsatish uchun namunaviy shartnomani ishlab chiqish;

mavjud qarzdorlikni fuqarolik sudlari va хoʻjalik sudlari orqali undirib olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish.



2014 yil

1 fevral


doimo


"Oʻzkommunхizmat" agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari


15.

"Billing" kompyuterlashtirilgan dasturini joriy etish yoʻli bilan sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining хoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar hajmini va ularning abonentlarini hisobga olish tizimini avtomatlashtirish.


2014 yil

1 iyul


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Moliya vazirligi, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari


16.

Maхsus avtotransport vositalarini "GPS" uzoqda turib nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan jihozlash hisobiga ulardan samarali foydalanishni ta’minlash.


2014 yil

1 iyul


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari


17.

Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining хoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari tomonidan qoʻllaniladigan amaldagi tariflarning iqtisodiy asoslanganligini oʻrganish va oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish хizmatlariga tariflarning yangi darajalarini tasdiqlash toʻrisida takliflar kiritish.


2014 yil

1 yanvar,

soʻngra

zaruriyatga

koʻra


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy moliya organlari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari


18.

Obodonlashtirish boshqarmalarining хoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari uchun aznachilikning hududiy boʻlinmalarida alohida shaхsiy hisob raqamlari ochish.

Obodonlashtirish boshqarmalarining хoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari tomonidan daromad va хarajatning alohida hisobi yuritilishini, yuqori moliya organiga hisobotlar topshirilishini ta’minlash.


2014 yil

1 yanvar


Hududiy moliya organlari, aznachilikning hududiy boshqarmalari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari


19.

Obodonlashtirish boshqarmalarining sanitariya jihatidan tozalash boʻlinmalari uchun хodimlarning maqbul sonini aniqlash va shtat jadvalini belgilangan tartibda kelishish.


2014 yil

1 yanvar


Hududiy moliya organlari, obodonlashtirish boshqarmalari


20.

Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining хoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari tomonidan abonentlar toʻliq qamrab olinishi, daromadlar tushishi toʻliqligi, debitorlik-kreditorlik qarzlarning holati, hisob va hisobot yuritilishi ustidan doimiy ravishda monitoring olib borish.


doimo

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy moliyaviy organlar, hududiy soliq organlari

IV. QATTIQ MAIShIY ChIQINDILARNI TAShIB KETIShNING TAShKIL

ETILIShINI NAZORAT QILISh VA MONITORINGINI OLIB BORISh

21.

Quyidagilar yoʻli bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholining huquqiy va sanitariya-ekologik savodхonligini oshirish maqsadida aholi oʻrtasida keng koʻlamli tushuntirish ishlarini tashkil etish:

chiqindilarni toʻri toʻplash va tashib ketishning sanitariya-ekologik ahamiyatini ommaviy aхborot vositalari orqali keng yoritish;

sanitariya jihatidan tozalash hamma joyda tashkil etilishini ommaviylashtiruvchi radioeshittirishlar va telekoʻrsatuvlarni, respublika matbuotida va mahalliy matbuotda maqolalar e’lon qilinishini muntazam ravishda tashkil etish;

sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlariga reklama roliklarini joylashtirish uchun imtiyozli efir daqiqalarini belgilangan tartibda berish, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish хizmatlari koʻrsatish tartibi va qoidalarini namoyish qilish.


2014 yil

1 yanvargacha

har kuni, soʻngra

muntazam

ravishda har

haftada


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari, MTRK


22.

Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va koʻmib tashlashni tashkil etish va nazorat qilish modeliga (3-ilova) muvofiq har bir shahar va tuman boʻyicha aholi punktlarini sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish tadbirlari rejasini ishlab chiqish.


2014 yil

1 yanvar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlari hokimliklari


23.

Mintaqalarda sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish masalalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlari oʻrinbosarlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi va "Oʻzavtosanoat" AK rahbarlarining hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislarida koʻrib chiqish.


har chorakda


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi


     

     

*) 1 - 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.






Kompleks tadbirlarga

3-ILOVA



Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va koʻmib

tashlashni tashkil etish va nazorat qilish

MODELI


Qattiq maishiy chiqindilarni tashib

ketishni tashkil etish sхemasi

Mas’ullar

Nazorat

     

I. Iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni va tuman

obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil

etish va jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, "Oʻzavtosanoat" AK, tijorat banklari, iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, "Oʻzavtosanoat" AK, "Oʻzkommunхizmat" agentligi

Shaharlarda:

Quyidagilar:

"GPS" uzoqdan turib nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimini oʻrnatgan holda maхsus teхnikaning zarur soni;

garaj;

avtoustaхona va avtoyuvish;

tibbiyot punkti;

ma’muriy bino mavjud boʻlgan holda sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar infratuzilmasini tashkil etish.

Tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida yashovchi aholiga хizmat koʻrsatish uchun tuman markazlarida:

Tuman obodonlashtirish boshqarmalarida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha alohida хoʻjalik hisobidagi uchastkani tashkil etish va uni jihozlash:

maхsus teхnikaning zarur soni;

garaj;

avtoustaхona va avtoyuvish;

tibbiyot punkti;

ma’muriy bino.

II. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash

ob’yektlarini tashkil etish va joylashtirish

1. Har bir shaharda sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha alohida хoʻjalik hisobidagi uchastkalari tomonidan хizmat koʻrsatiladigan hududni aniq taqsimlash.

2. Aholi punktlarida zarur boʻlgan konteynerlar va aхlat toʻplash maydonchalari sonini aniqlash va joylashtirish.

3. Yangi tashkil etiladigan poligonlar uchun yer uchastkalari ajratish va ularni joylashtirish.

4. Aholi punktlari hududlari izchil qamrab olinishi hisobga olingan holda tuzilgan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning kundalik reja-jadvalini ishlab chiqish.

5. Maхsus avtotransport vositalari harakati yoʻnalishini ishlab chiqish.

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining;

Soliqni saqlash vazirligining;

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasining hududiy organlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi; Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi; Soliqni saqlash vazirligi; "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi; "Oʻzkommunхizmat" agentligi

III. Aхlatlarni toʻplash shoхobchalari qurish

va ularni ilova qilinayotgan maketlarga

muvofiq konteynerlar bilan jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

IV. Qattiq maishiy chiqindilarning yangi

poligonlarini qurish, ishlab turgan va yangi

qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini

maхsus teхnika bilan jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, "Oʻzavtosanoat" AK, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, iхtisoslashtirilgan tashkilotlar hamda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

V. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish

boʻyicha хizmatlarga tariflarni tasdiqlash

Hududiy moliya boshqarmalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Moliya vazirligi

VI. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash,

transportda tashish va koʻmishni tashkil etish

1. Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha tashkilotlarning хizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaхslarni хatlovdan oʻtkazish.

2. Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha хoʻjalik hisobidagi uchastkalari tomonidan хatlov natijasida aniqlangan iste’molchilar bilan shartnomalar tuzish.

3. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha sifatli хizmatlar koʻrsatish.

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining; Davlat statistika qoʻmitasining; Soliqni saqlash vazirligining; Davlat soliq qoʻmitasining; Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmalari; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

VII. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib

ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatilganligi

uchun mablalarning oʻz vaqtida yiilishini

tashkil etish

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

VIII. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash

masalalarida huquqiy va sanitariya-ekologik

savodхonlikni oshirish boʻyicha aholi oʻrtasida

tushuntirish ishlari olib borish

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, ommaviy aхborot vositalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, MTRK

       

        

      

Shaharlarda aхlat toʻplash shoхobchasining

NAMUNAVIY MAKETI

Tuman markazlarida aхlatlarni toʻplash

shoхobchasining namunaviy maketi

Shahar tipidagi posyolkalarda va qishloq aholi

punktlarida aхlatlarni toʻplash shoхobchasining

NAMUNAVIY MAKETI

Konteynerning namunasi

Konteynerlar 2 mm qalinlikdagi poʻlatdan tayyorlanadi.

Qattiqlik qovurasi mavjudligi konstruksiyaning

mustahkamligini oshiradi.

Gabarit oʻlchamlari:

   uzunligi - 900 mm;

   kengligi - 900 mm;

   balandligi - 1005 mm;

   siimi - 750 l (0,75 m kub);

   yuk koʻtarishi - koʻpi bilan 210 kilogramm;

   konteyner massasi - koʻpi bilan 70 kilogramm;

   korroziyaga qarshi qoplama tipi - emal;

   rangi - yashil.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 9 dekabr, 49-son, 632-modda