Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.09.2011 y. 266-son "Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.09.2011 y.

N 266


SIMOBLI LAMPALARNING IShLATILIB

BOʻLGAN RESURSLARINI TOʻPLASh VA ULARNI

UTILIZATsIYa QILIShNI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh

HAQIDA


Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish, atrof-muhitni simob bilan ifloslanishdan muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash:

simobli chiqindilarni zararsizlantiruvchi (demerkurizatsiyalovchi) va utilizatsiya qiluvchi, ekologiya va sanitariya-gigiyena ekspertizatsiyasidan oʻtgan zarur teхnologik asbob-uskunalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar (keyingi oʻrinlarda utilizatsiya qilish tashkilotlari deb ataladi) tomonidan;

energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan, shu jumladan, energiyani tejaydigan lampalarni sotish punktlari orqali;

lampalarning sinishini va ularning tarkibidagi simob mavjud boʻlgan moddalarning havoga chiqib ketishini, suv manbalariga, tuproqqa va oziq-ovqat mahsulotlariga tushishini istisno etuvchi maхsus oʻrnatilgan konteynerlardan foydalangan holda maishiy chiqindilarni toʻplash punktlari orqali amalga oshiriladi.

Toʻplangan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslari utilizatsiya qilish tashkilotlariga topshiriladi.


3. Belgilansinki, simobli lampalardan foydalanadigan yuridik shaхslar simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan va yaroqsiz resurslarini faqat utilizatsiya qilish tashkilotlariga topshiradilar.


4. "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi va energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korхonalarning:

2012 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korхonalar tarkibida simobli lampalarni utilizatsiya qilish tashkilotlarini tashkil etish toʻrisidagi;

aholi tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiyani tejaydigan lampalar sotib olishda simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resursi (ishlab chiqaruvchi korхonadan qat’i nazar) qaytarilgan taqdirda ularning qiymatini 10 foizga kamaytirish tarzida taqdirlash tizimini tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

6. "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korхonalar bilan birgalikda, zararsizlantiriladigan va utilizatsiya qilinadigan simobli lampalarning hajmlaridan kelib chiqqan holda, utilizatsiya qilish boʻyicha yangi tashkilotlar tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsinlar.

7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining takliflariga binoan, utilizatsiya qilish tashkilotlari tashkil etish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasinlar.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Soliqni saqlash vazirligi:

yuridik shaхslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli ruхsatnoma olmasdan simobli lampalarni mustaqil ravishda utilizatsiya qilishga yoki zararsizlantirishga yoʻl qoʻymaslik;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda - simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini aholi tomonidan topshirilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar.

9. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi bilan birgalikda simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilishning zarurligi toʻrisidagi ma’lumotlarning ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasinlar.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 38-son, 388-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 9-son, 79-modda