Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.05.2013 y. 142-son "2013-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.05.2013 y.

N 142


2013-2017 YILLARDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA    ATROF-MUHIT

MUHOFAZASI BOʻYIChA HARAKATLAR

DASTURI TOʻRISIDA


Atrof-muhitning maqbul holatini ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror rivojlanishning ekologik asoslarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2013-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturi va uni amalga oshirish tadbirlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga 2013-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturini bajarish tadbirlarini tashkil etish va ularni nazorat qilish yuklansin.


3. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarning mas’ul ijrochilari - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish uchun mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar yuzasidan har yili takliflar kiritsinlar;

2013-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturini bajarish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 3 iyun, 22-son, 282-modda