Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.09.2008 y. 212-son "2008-2012 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.09.2008 y.

N 212


2008-2012 YILLARDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING ATROF-MUHITNI

MUHOFAZA QILISh IShLARI DASTURI

TOʻRISIDA


Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va хoʻjalik yuritishning ekologik usullarini joriy etish, atrof-muhitni muhofaza qilishni yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2008-2012 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi va uni roʻyobga chiqarish tadbirlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga ishlarni tashkil etish va 2008-2012 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturining bajarilishini nazorat qilish yuklansin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar:

ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar;

2008-2012 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



*) 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 37-38-son, 382-modda.