Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.03.2006 y. 48-son "2006-2010 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.03.2006 y.

N 48


2006-2010 YILLARDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA ATROF TABIIY

MUHIT MONITORINGI DASTURINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining 2003-2005 yillarda atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi yuzasidan 2003 yil 13 yanvardagi 16-son qaroriga muvofiq atrof tabiiy muhit monitoringining yagona tizimini yaratishga, uni kompleks baholashni oʻtkazishga, monitoringning yagona metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlashga, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, yerlarning ifloslanishi, respublika mintaqalari boʻyicha хavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ustidan muntazam kuzatuvlar oʻtkazishni ta’minlashga koʻmaklashgan tadbirlar kompleksi amalga oshirildi. Bular salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etish, atrof tabiiy muhit sohasida davlat nazoratini, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va chora-tadbirlar koʻrish imkonini berdi.

Shu bilan bir qatorda mavjud monitoring tizimida bir qator kamchiliklar mavjud, bular oʻlchanadigan koʻrsatkichlar sonining haddan tashqari koʻpligi, monitoring olib borish jarayonidagi ijro etuvchi organlar oʻzaro hamkorligining yetarli emasligi hamda ishlarning sust muvofiqlashtirilganligi, aхborotlar bilan zarur darajada almashilmaslik kabilardir.

Atrof-muhitning ifloslanishi darajasini baholash va prognozlash maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 2002 yil 3 apreldagi 111-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2006-2010 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini ollb boruvchi vazirliklar va idoralar koʻrsatib oʻtilgan Dasturni roʻyobga chiqarish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirishni kalendar yil uchun ajratiladigan umumiy byudjet mablalari doirasida amalga oshirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev