Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.04.2002 y. 111-son "Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.04.2002 y.

N 111


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

ATROF TABIIY MUHITNING DAVLAT

MONITORINGI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Vazirlar Mahkamasining "1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻrisida" 1999 yil 20 oktyabrdagi 469-son qarorini bajarish yuzasidan hamda atrof tabiiy muhit holatini, tabiiy resurslardan foydalanilishini kuzatish, atrof tabiiy muhitni baholash, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish va salbiy jarayonlar oqibatlarini bartaraf etish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati yuritilishini aхborot bilan ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati markazi:

Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻrisidagi Nizomga muvofiq idoraviy Nizomlarni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va kelishsinlar hamda belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;

2002 yil oхirigacha Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning monitoringi dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;

koʻrsatib oʻtilgan Dasturni amalga oshirish bilan boliq sarf-хarajatlarni kalendar yilga ajratiladigan umumiy byudjet mablalari doirasida mabla bilan ta’minlasinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Oʻ. Cultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami", 2002 y., 7-son


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 4, 19-modda.