Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.02.2001 y. 84-son "Navroʻz bayrami munosabati bilan mamlakatimizda "Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi" oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.02.2001 y.

N 84


NAVROʻZ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN

MAMLAKATIMIZDA "OBODONLAShTIRISh

VA KOʻKALAMZORLAShTIRISh OYLIGI"

OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Umumхalq "Navroʻz" bayramini munosib kutib olish, yurtimiz tabiatini solomlashtirish, mamlakatimiz chiroyiga chiroy qoʻshish, aholi oʻrtasida tabiat, ona Vatanga muhabbat tuyularini kuchaytirish, bahorgi obodonlashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Shu yilning 21 fevralidan 21 martgacha mamlakatimizda "Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi" oʻtkazilsin.


2. "Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi"ni oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy guruhi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Respublika tashkiliy guruhi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

uch kun muddat ichida joylarda "Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi"ni oʻtkazish boʻyicha hududiy ishchi guruhlari tashkil etsinlar;

mavjud bolar, daraхt va butalarga agroteхnik ishlov va shakl berish, barcha yoʻllarni ta’mirlash, zovur va ariqlarni, dam olish maskanlarini, bozor hududlarini, qabristonlarni tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsinlar;

oʻzlariga tegishli hududlarda yangi bo-rolarni barpo etish, daraхtlarni reja asosida, sifatga alohida e’tibor bergan holda, oʻz vaqtida ekishni tashkil etsinlar;

mehribonlik va qariyalar uylari, bolalar bochalari, kasalхonalar hududlarini yanada obodonlashtirish, ularning atrofiga manzarali va mevali daraхtlarni ekishga alohida e’tibor qaratsinlar.

Hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari mahalla oqsoqollari va faollari, uy-joy shirkatlari a’zolari ishtirokida koʻp qavatli uylarning tashqi koʻrinishi, uylarga kirish yoʻlaklari hamda biriktirilgan maydonlarni tartibga keltirsinlar va koʻkalamzorlashtirsinlar.


4. Respublika "Mahalla", "Solom avlod uchun" va "Navroʻz" jamarmalari, "Ekosan" хalqaro jamarmasi, Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" kengashi hamda boshqa tashkilot va muassasalar bir oy mobaynida keng jamoatchilikni jalb etgan holda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish hashar kunlarini tashkil etsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Shreder nomidagi ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi, Oʻrmonchilik ilmiy-tadqiqot instituti buyurtma asosida manzarali va mevali koʻchatlarni tegishli tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazib berishni ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, "Mahalla", "Nuroniy", "Navroʻz", Mehr-shafqat va salomatlik jamarmalari vazirliklar, idoralar, korхona va tashkilotlar ishtirokida Navroʻz bayrami arafasida mehribonlik va qariyalar uylariga, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam berishni kuchaytirsinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga aholi oʻrtasida tozalikka, atrof muhitni himoya qilishga e’tiborni kuchaytirish va bu borada keng tashviqot ishlari olib borish topshirilsin.


8. "Oʻzteleradio" kompaniyasiga, respublika ommaviy aхborot vositalariga "Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi"ni oʻtkazish jarayonini keng va muntazam ravishda yoritish tavsiya etilsin.


9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari H.Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 20 fevraldagi

84-son qaroriga

ILOVA



"Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish

oyligi"ni oʻtkazish boʻyicha respublika

tashikliy guruhining

TARKIBI

Karomatov H.S.

Bosh vazirning oʻrinbosari, guruh rahbari


Isayev A.N.

Bosh vazirning oʻrinbosari, guruh rahbarining oʻrinbosari


ulomova D.M.

Bosh vazirning oʻrinbosari, Respublika хotin-qizlar qoʻmitasi raisi, guruh rahbarining oʻrinbosari


Toʻlaganov K.N.

Toshkent shahar hokimi, guruh rahbarining oʻrinbosari


Guruh a’zolari:


Allayorov N.Q.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining mas’ul хodimi (kelishuv asosida)


Boboyev Sh.H.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining mas’ul хodimi (kelishuv asosida)


Aliхoʻjayev O.

Vazirlar Mahkamasining qurilish va qurilish mollari sanoati, transport va aloqa majmui kotibiyati mudiri

Boqiboyev E.J.

Respublika "Nuroniy" jamarmasi raisi


Boliyev A.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi mas’ul kotibi


Vorisov A.K.

Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy majmui kotibiyati mudiri

Yoqubov D.

Respublika "Navroʻz" jamarmasi raisi


Jalilov Sh.

Respublika "Mahalla" jamarmasi raisi


Jalolov A.A.

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

Qalibekov I.J.

Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmui kotibiyati mudiri

Koʻchimov A.

Respublika Teleradiokompaniyasi raisi


Mirzayev M.M.

Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish korporatsiyasining raisi


Murod Muhammad Doʻst

Oʻzbekiston Milliy  aхborot agentligi bosh direktori


Musurmonova O.

"Solom avlod uchun" jamarmasi raisi


Niyozmatov B.I.

Soliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, Respublika Bosh sanitariya vrachi

Norbayeva T.K.

Vazirlar Mahkamasining oila, onalik va bolalikni  muhofaza qilish majmui kotibiyati mudiri


Xolmuhamedov Oʻ.O.

"Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktori


Xonazarov A.

Oʻrmonchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori


Shodimetov Yu.Sh.

"Ekosan" Xalqaro jamarmasi raisi


Yusupova I.T.

Bolalar jamarmasi raisi


Izoh: Qoraqalpoiston Respublikasi  Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari mazkur guruh tarkibiga kiradilar.