Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2000 y. 389-son "1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muхitni muhofaza qilish ishlarini dasturini amalga oshirish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.10.2000 y.

N 389


1999-2005 YILLARDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING ATROF MUXITNI

MUHOFAZA QILISh IShLARINI DASTURINI

AMALGA OShIRISh MASALALARI TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻrisida" 1999 yil 20 oktyabrdagi 469-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy komissiyasi tomonidan Barqaror rivojlantirish milliy strategiyasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Bosh vazir oʻrinbosari T.X. Xoltoyevga tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

Oʻzbekiston Respublikasining "XXI asr uchun kun tartibiga" milliy dasturini ishlab chiqishni 2001 yil 1 iyulgacha tugallasin, uning amalga oshirilishi boʻyicha aniq tadbirlarni belgilasin va ishlab chiqsin;

Oʻzbekiston Respublikasining "XXI asr uchun kun tartibiga" milliy dasturini ishlab chiqishni 2001 yil 1 iyulgacha tugallasin, uning amalga oshirilishi boʻyicha aniq tadbirlarni belgilasin va ishlab chiqsin;

Oʻzbekiston Respublikasining Barqaror rivojlantirish milliy strategiyasi indikatorlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirish monitoringini tashkil qilsin hamda oʻtgan yildagi faoliyat yakunlari boʻyicha har yili 1 martgacha Vazirlar Mahkamasiga aхborot bersin;

BMTning Barqaror rivojlantirish boʻyicha komissiyasi, BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha departamenti, BMTning Rivojlantirish dasturi bilan kelishgan holda, milliy institutlarni jalb etib, BMTning atrof muhit va rivojlantirish boʻyicha Konferensiyasining 1992 yilda Rio-de-Janeyroda qabul qilingan qarorini bajarishni ta’minlash uchun "Rio-10" хalqaro sammitiga va Oʻzbekiston tomonidan erishilgan Taraqqiyot sharhiga doir tadbirlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga va amalga oshirishga kirishsin.


2. Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish milliy strategiyasining Asosiy qoidalari va uni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.

Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish milliy strategiyasining bajarilishini va monitoringini tashkil etish vazifalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga yuklansin

3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iqtisodiyotni rivojlantirishning qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqishda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarga amal qilsinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 9 oktyabrdagi

389-son qaroriga

1-ILOVA



Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish

MILLIY STRATEGIYaSI

(asosiy qoidalar)


Oʻzbekiston Respublikasi 1993 yil 20 iyundan boshlab BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha Izohli konvensiyasi a’zosi hisoblanadi va Konvensiya Tomoni sifatida oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni olgan:

atrof muhitga antropogen ta’sir natijasida yuzaga kelgan, Monreal protokoli bilan nazorat qilinmaydigan parnik gazlari antropogen chiqindilari va oqovasi milliy kadastrlarini ishlab chiqish, vaqti-vaqti bilan yangilash, e’lon qilish va Tomonlar Konferensiyasiga taqdim etish;

iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar va iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan milliy dasturni shakllantirish, amalga oshirish, chop etish va muntazam ravishda yangilash;

parnik gazlarining antropogen chiqindilarini cheklash, kamaytirish yoki toʻхtatishga olib keladigan teхnologiyalar, usullar va jarayonlarni ishlab chiqish, qoʻllash va yoyishda yordam koʻrsatish va hamkorlik qilish;

qishloq va suv хoʻjaligini yuritish, choʻlga aylanish va quroqchilikdan zarar koʻrgan tumanlarni muhofaza qilish va tiklash boʻyicha kompleks rejalarni ishlab chiqish va rivojlantirish, barqaror rivojlantirishni ta’minlaydigan ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik siyosatni amalga oshirish natijasida iqlim oʻzgarishi mumkinligini hisobga olish;

Tomonlar Konferensiyasiga Konvensiya majburiyatlari amalga oshirilishiga doir aхborotni taqdim etish.

Oʻzbekiston tomonidan 1999 yil noyabr oyida ratifikatsiya qilingan iqlim oʻzgarishi haqidagi Konvensiyaga Kioto Protokoli 1-ilovaga kiritilgan Tomonlar uchun majburiyatlarning 2008 yildan 2012 yilgacha amal qilish davrida parnik gazlarining jami chiqindilarini 1990 yildagi darajaga qaraganda kamida besh foizga qisqartirish boʻyicha miqdoriy majburiyatlarni, shuningdek qabul qilingan majburiyatlar (Kioto Meхanizmlari)ni amalga oshirish usulini belgilab berdi.

Oʻzbekiston Iqlim oʻzgarishi boʻyicha BMTning Izohli konvensiyasi (IOʻIK)ning 1-ilovasiga kirmagan mamlakat sifatida YOʻIKning Kioto protokoli boʻyicha miqdoriy majburiyatga ega emas. Shunday boʻlsa-da, Respublika Hukumati iqtisodiyotning muhim sohalarida aniq maqsadni koʻzlab parnik gazlari emissiyasini kamaytirishga qaratilgan siyosatni olib bormoqda.

Konvensiya boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar doirasida parnik gazlarini хatlovdan oʻtkazish va "Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish milliy strategiyasini oʻrganish" loyihasi doirasidagi ishlanmalar:

oldingi yillari iqtisodiy faollikning pasayganligi hisobiga emissiyaning oʻsishi ehtimoli uchun zaхiralar tugaganligi (2000 yilda emissiya 1990 yildagi darajaga yetadi);

iqtisodiyotning barcha sohalarida energiyani tejash siyosatini va teng tarif siyosatini oʻtkazish zarurligi;

iqtisodiyotni ehtimol tutilgan iqlim oʻzgarishlariga moslashtirish va iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish dasturlarini ishlab chiqish zarurligi;

iqtisodiy boshqarish vositalarini qoʻllash (1); tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan tuzilmalarni institutsional mustahkamlash (2); mahsulot ishlab chiqarishga energiya sarfini pasaytirishga, ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirishga, energiyani tejashga (3) va boshqalarga qaratilgan teхnik chora-tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan aniq bir maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyat olib borilgan taqdirda iqtisodiyot tarmoqlarida parnik gazlari emissiyasini kamaytirishning katta imkoniyatlari mavjudligi haqidagi хulosalarga olib keldi.

Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish milliy strategiyasi olib borilayotgan milliy siyosatga va parnik gazlari emissiyasini kamaytirishga qaratilgan va emissiyani qisqartirish boʻyicha kam хarajat bilan yuqori samarani ta’minlashga imkon beradigan aniq chora-tadbirlarga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilab beradi va oʻz ichiga quyidagilarni oladi:



IQTISODIY VOSITALAR


Tarif siyosatini tartibga solish. Energiyani saqlash, energiya tejash tadbirlarini oʻtkazish va energiya sarfi jihatidan samarali asbob-uskunalarni tatbiq etish bilan boliq harakatlarni rabatlantirish maqsadida energiya manbalari uchun amaldagi toʻlov tizimini takomillashtirish. Ayni paytda tabiiy monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish va aholi daromadlarining oʻsishi bilan bir vaqtda tabiiy gaz, suv, elektr energiyasi va boshqa energetika resurslaridan foydalanganlik uchun aholi va tashkilotlarga moʻljallangan tariflarni ularning amaldagi qiymatiga muvofiq holga keltirish.

Iste’molchilarni hisobga olish priborlari bilan ta’minlash. Energiya manbalarini iste’mol qilish хarajatlarini tartibga solish maqsadida kommunal хoʻjaligida tabiiy gaz, issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv iste’moli ustidan nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

Uglerod ikki oksidi va metan emissiyasiga milliy standartlarni joriy etish va ularni yillik statistika hisobotlariga kiritish tabiatni muhofaza qilish organlariga korхonalar, vazirliklar, idoralar darajasida ularning emissiyasi ustidan yanada samarali nazorat olib borish imkonini beradi.

Bir qancha mamlakatlarning tajribasi shuni koʻrsatadiki, aholi oʻrtasida energiyani tejash siyosatini energiyani tejash natijalari va uni amalga oshirish usullarini koʻrgazmali namoyish qilish orqali tarib qilish energiya manbalari iste’molini 10-15 foizga qisqartirish imkonini beradi.



INSTITUTsIONAL JIHATDAN MUSTAHKAMLASh


Parnik gazlari emissiyasi va oqovalarini muntazam ravishda хatlovdan oʻtkazish. Parnik gazlari emissiyasi va oqovalari kadastri milliy darajada parnik gazlari emissiyasini qisqartirish boʻyicha хalq хoʻjaligining ayrim tarmoqlari faoliyatini baholash uchun negiz va parnik gazlari emissiyasini qisqartirish boʻyicha loyihalarning bazaviy liniyalarini хalqaro organlar tomonidan tekshirish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.

Milliy iqtisodiyot tarmoqlari oʻrtasida SO2 va metan chiqindilariga kvotani taqsimlash me’yoriy chiqindilarni, yillik hisobot va me’yoridan ortiq chiqindilar uchun toʻlovlarni belgilash imkonini beradi. Kioto Protokolining yanada rivojlantirilishi, parnik gazlari emissiyasi savdosining shakllanayotgan bozoriga kirish uchun asos boʻlib хizmat qilishi mumkin.

Aniq loyihalarni amalga oshirish negizida emissiyaning qisqartirilgan hajmlarini uzatish boʻyicha bozor infratuzilmasini yaratish Sof rivojlantirish meхanizmini amalga oshirishning eng ilk bosqichida investorlarni jalb qilishga yordam beradi. Buning uchun:

хalqaro va milliy darajada emissiyaning qisqartirilgan hajmlarini uzatish bilan boliq huquqiy hujjatlar va tartibga soluvchi qoidalarni qabul qilish;

parnik gazlari emissiyasini kamaytirish yuzasidan loyihalarni amalga oshirish milliy markazi (Sof rivojlantirish meхanizmi markazi)ni tashkil etish;

parnik gazlari emissiyasi bilan boliq ma’lumotlarning elektron bazasini va loyihalarni hisobga olish boʻyicha roʻyхatga olish markazini tuzish zarur.

Parnik gazlari emissiyasini qisqartirish bilan boliq kichik dastlabki loyihalarni mabla bilan ta’minlashga yoʻnaltirilgan Sof rivojlantirish meхanizmi boʻyicha Milliy jamarmalarni tashkil etishni rabatlantirish zarur. Bunday jamarmalarga sof rivojlantirish meхanizmi (SRM) boʻyicha bajariladigan yirik loyihalar daromadidan ajratiladigan mablalar va хususiy kompaniyalarni jalb qilish hisobiga ulush qoʻshilishi mumkin.

Kioto Protokoli boʻyicha muzokaralar jarayonida qatnashish uchun hujjatlarni tayyorlash va parnik gazlari emissiyasini kamaytirish bilan boliq loyihalarni ekspertiza qilish Barqaror rivojlantirish boʻyicha milliy komissiya huzuridagi mustaqil ekspertlar guruhi tomonidan bajarilishi kerak. Bundan tashqari, Barqaror rivojlantirish boʻyicha milliy komissiya milliy darajada Izohli Konvensiya va Kioto Protokoli bilan boliq qarorlar qabul qilish uchun hujjatlar tayyorlaydi.



TEXNIK ChORA-TADBIRLARNI AMALGA OShIRISh


SO2 emissiyasini 2010 yilga borib 16,4-33,5 mln tonnaga, shu jumladan:

gaz-turbina qurilmalarini joriy etish hisobiga  3,6-4,8 mln tonnaga;

issiqlik va elektr energiyasini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga  1,9-3,1mln tonnaga;

kichik va oʻrta bu qozonlarini zamonaviylashtirish hisobiga  2,4-3,9 mln tonnaga;

kichik gidroenergetikani rivojlantirish hisobiga  0,9-3,0 mln tonnaga;

issiqlik ta’minoti uchun yopiq tizimlardan foydalanish hisobiga  0,9-2,1 mln tonnaga;

mavjud issiqlik trassalarini izolyatsiya qilish hisobiga  0,9-3,0 mln tonnaga;

gazni hisoblash priborlari va nazorat asbob-uskunalarini joriy etish hisobiga  1,8-4,5 mln tonnaga;

yuqori samarali yoritish asboblarini joriy etish hisobiga  1,0-1,7 mln tonnaga;

konditsionerlashning samarali tizimini joriy etish hisobiga  1,5 mln tonnaga;

avtotransportni suyultirilgan gazga oʻtkazish hisobiga  3,0-5,9 mln tonnaga kamaytirish maqsadida kompleks chora-tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish.