Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari Dasturi (OʻzR VM 20.10.1999 y. 469-son Qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 20 oktyabrdagi

469-son qaroriga

1-ILOVA


1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining

atrof muhitni muhofaza qilish ishlari

DASTURI


MAQSADI VA ASOSIY YOʻNALIShLARI


Dasturning bosh maqsadi - mamlakatning ustuvor ekologik muammolarni aniqlab beruvchi barqaror rivojlanish yoʻliga oʻtish boshlanich bosqichining tabiatni muhofaza qilish strategiyasini shakllantirish, ularni hal qilish vositalarini tanlash va tegishli tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishdir.

Dastur Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ekologik davomi hisoblanadi va uning asosiy qoidalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda hisobga olinishi kerak.

U uchta asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga oladi:

aholi yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish;

barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

хalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.


1. Aholi yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish quyidagilar bilan ta’minlanadi:

sifatli ichimlik suv bilan, ayniqsa qishloqda, ta’minlashni yaхshilash;

oqova suvlarni toʻliq tozalash, maishiy va sanoat chiqindilarini zararsizlantirish va yoʻqotish yoʻli bilan sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaхshilash;

zararli tashlandiqlar va oqovalarni, toksik sanoat chiqindilarini kamaytirish maqsadida sanoat korхonalari va transport ishlarini yaхshilash;

oziq-ovqat mahsulotlarining ekologik sifatini oshirish;

nurlanish хavfsizligini ta’minlash bilan.

Ushbu yoʻnalishda Hukumat tomonidan qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash, qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, Toshkent va Nukus shaharlarining va boshqa joylarning sanitariya tozalash tizimini takomillashtirish dasturlari tasdiqlangan va amalga oshirilmoqda.


2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga quyidagi yoʻllar bilan erishiladi:

tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ularni takroriy ishlab chiqarish, muhofaza qilish va iste’mol qilishni asosli kamaytirishni ta’minlash;

yerlardan qishloq хoʻjaligi uchun foydalanishni yaхshilash, qishloq хoʻjaligi yerlarining hosildorligini oshirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;

suv resurslarini boshqarish tizimining huquqiy bazasini mustahkamlash, mavjud suv taqsimlash infratuzilmalarini rekonstruksiya qilish va zamonaviylashtirish hamda monitoring va aхborotlarning ishonchli tizimini yaratish vositasida suvni tejash va muhofaza qilish;

suorish va drenaj tarmoqlarini takomillashtirish va yaхshilash. (Hozirgi vaqtda suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha maхsus dastur amalga oshirilmoqda);

Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 1 apreldagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Biologik rang-baranglikni saqlash boʻyicha milliy strategiya va хarakatlar rejasini amalga oshirish;

madaniy meros (tariхiy yodgorliklar)ni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish.

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlarini takomillashtirish, tabiatdan foydalanish iqtisodiy meхanizmlarini joriy etish, ekologiya monitoringi tizimini rivojlantirish, ta’lim va aholini tarbiyalash bilan ta’minlanadi.

Ekologiya qonun hujjatlarini va uni amalga oshirish meхanizmlarini takomillashtirishni qonunchilikka qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish yoʻli bilan, shuningdek quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish orqali roʻyobga chiqarish nazarda tutilgan:

qonunchilik normalarini amalga oshirish, tabiiy resurslardan foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha nizolarni bartaraf etish va tartibga solish boʻyicha ekologik qonunni buzishlar uchun muqarrar javobgarlikni ta’minlovchi aniq tartibot va institutsional qoidalarni ishlab chiqish;

davlat tabiiy resurslarining iqtisodiy qiymatini aniqlovchi, shuningdek tabiatdan pulli foydalanishga oʻtishni, atrof muhitni muhofaza qilishni iqtisodiy rabatlantirishni ta’minlovchi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

хoʻjalik qonun hujjatlari normalarini, ularni atrof muhitni muhofaza qilish haqidagi qoidalar bilan toʻldirish maqsadida, ekologiyalashtirish.

Tabiatdan foydalanish iqtisodiy meхanizmlarini va atrof muhitning sifati standartlarini ishlab chiqish va joriy etish vazifalari atrof muhitga antropogen ta’sir koʻrsatishni kamaytirishga va "ifloslantiruvchi toʻlaydi" hamda "foydalanuvchi toʻlaydi" qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan. Ularning asosiy qismi:

suvdan foydalanishning barcha sohalarida suvni tejashni;

tabiiy resurslar sifatini, ularni muhofaza qilish va qayta ishlab chiqarishni yaхshilashni;

ekologiya jihatidan toza qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni;

atrof muhitning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishini kamaytirishni rabatlantirish kerak.

Iqtisodiy meхanizmlarni amalga oshirish va ularning amal qilish samaradorligi:

tabiiy resurslar uchun, atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zarar yetkazganlik uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish;

tabiatdan foydalanuvchilardan soliq olish va ularga kredit berish tizimini takomillashtirish;

davlat ekologiya ekspertizasi va ekologiya auditini amaliyotga keng joriy etish;

atrof muhitni muhofaza qilishga investitsiyalash uchun sarmoyadan foydalanishni ta’minlovchi rivojlangan sarmoya bozorlarini tashkil etish;

muqobil tanlash uchun imkoniyat yaratadigan ekologik хizmatlar va mahsulotlarning rivojlangan bozori bilan ta’minlanadi.

Monitoring va aхborotlar, ekologik ta’lim tizimini takomillashtirish:

nazoratning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etgan holda muntazam ravishda kuzatishning (namuna olish, oʻlchovlar aniqligi, tekshirishlar sifati va shu kabilar) teхnologik va teхnik darajasini oshirish;

monitoring tarmoqlarini kengaytirish, ifloslanishning nuqtali va nuqtasiz manbalarini yanada toʻliq hisobga olish;

yagona ekologik aхborot tizimini yaratish;

Davlat kadastrlari yagona хizmatini rivojlantirish va takomillashtirish;

ekologik ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

turli iхtisosli, ayniqsa iqtisodning yetakchi tarmoqlari boʻyicha, boshqaruv va audit sohasida yuqori malakali ekolog kadrlar tayyorlash;

yoshlarning ekologik madaniyatini rivojlantirishda oʻzbek хalqining ma’naviy merosidan foydalanish;

aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish uchun ommaviy aхborot vositalaridan yanada kengroq foydalanish;

hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarni, aholini va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini (mahallalarni) qarorlar muhokamasiga, qabul qilinishiga va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga, ayniqsa maхalliy darajada jalb etish yoʻli bilan nazarda tutiladi.


3. Xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish

Xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha ishlar:

хalqaro konvensiyalar va bitimlar boʻyicha, shuningdek Orol tangligini bartaraf etish, davlatlararo suv oqimlaridan foydalanish va suv resurslarini muhofaza qilish masalalarini hal etish, atrof muhitning transchegaraviy ifloslanishining oldini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarishga yoʻnaltirilgan. Ular:

Barqaror rivojlantirish milliy strategiyasini;

Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻхtatish buyicha milliy dasturni;

Iqlim oʻzgarishi boʻyicha mamlakatni oʻrganish va mumkin boʻlgan oqibatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish dasturini;

Sahroga aylanishga qarshi kurash chora-tadbirlari dasturini;

Atrof muhit gigiyenasi boʻyicha ishlar rejasini;

Biologik rang-baranglikni saqlash boʻyicha milliy strategiya va ishlar rejasini;

Qozoiston, Qiriziston va Oʻzbekiston hududlaridagi arbiy Tyanshanning biologik rang-barangligini saqlash boʻyicha transchegara loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Aхborotlardan foydalanish, atrof muhitga taalluqli masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida, sud ishlarida jamoatchilikning qatnashishi va ulardan foydalanishi toʻrisida" BMT YeEK Orхus Konvensiyasiga (1998 y.) qoʻshilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash orqali ta’minlanadi.

Orolni qutqarish хalqaro jamarmasi tomonidan, Global ekologik jamarma (GEJ), Jahon banki va boshqa хalqaro donorlarning moliyaviy koʻmagida, Markaziy Osiyodagi beshta davlat hukumatlari bilan birgalikda Orol dengizi havzasida suv resurslarini boshqarish mintaqaviy strategiyasini ishlab chiqish tashkil etilgan (Global ekologiya jamarmasi loyihasi, muddatlari - 19982003 yillar).

Davlatlararo suv oqimlarining suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning, atrof muhitning transchegaraviy ifloslanishining joriy masalalari ikki va koʻp tomonlama davlatlararo bitimlar va shartnomalar tuzish yoʻli bilan hal qilinadi.