Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.1999 y. 469-son "1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.10.1999 y.

N 469


1999-2005 YILLARDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING ATROF MUHITNI

MUHOFAZA QILISh IShLARI DASTURI

TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 10 iyundagi 296-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi va uni roʻyobga chiqarish tadbirlari 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


2. Tasdiqlangan Dastur va tadbirlarning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy komissiyasiga va uning ishchi organlariga yuklansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy komissiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida har yili respublika byudjetini shakllantirishda mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni mabla bilan ta’minlash yuzasidan takliflar kiritsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar atrof muhitni muhofaza qilish mintaqaviy va tarmoq dasturlarini va ularni bajarish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.M. Olimjonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov