Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.04.1998 y. 139-son "Oʻzbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglikni saqlash boʻyicha milliy strategiyasi va harakatlar rejasi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.04.1998 y.

N 139


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

BIOLOGIK RANG-BARANGLIKNI SAQLASh

BOʻYIChA MILLIY STRATEGIYaSI VA

HARAKATLAR REJASI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglik toʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Dunyo miqyosidagi ekologik jamarmaning moliyaviy va PROONning teхnik yordami bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Davlat oʻrmon qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglikni saqlash boʻyicha milliy strategiyasi va harakatlar rejasi ma’qullansin.

Milliy strategiya va harakatlar rejasini amalga oshirish va ularning oʻtkazilishini nazorat qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yuklansin.

2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yordam koʻrsatsinlar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.Xoltayev zimmasiga yuklansin.


Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                    I. Karimov