Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 02.06.2014 y. 137-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 2 iyundagi

137-son qaroriga

ILOVA


Muhofaza etiladigan tabiiy hududning

pasportini yuritish tartibi toʻrisida

NIZOM


1. Ushbu Nizom "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportini tuzish va yuritish tartibini belgilaydi.


2. Yuritishida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻlgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslar har bir hudud boʻyicha pasport tuzadilar. Pasportda ushbu hududni, uning rejimi va boshqaruvni tavsiflaydigan ma’lumotlar koʻrsatiladi.


3. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tuziladi.


4. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportlarining hisobi reyestrda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuritiladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar pasportlarining hisobi reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

5. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti yuritishida ushbu hudud boʻlgan davlat organida, yuridik yoki jismoniy shaхsda saqlanadi. Pasportning nusхasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga beriladi.

6. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportiga:

muhofaza etiladigan tabiiy hududni qayta tuzish toʻrisidagi hujjat (qaror);

unda joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlar va majmualarning asosiy turlari fotosuratlari;

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud va uning muhofaza zonasi doirasida yer uchastkalarining chegaralari chizilgan muhofaza etiladigan tabiiy hudud va uning muhofaza zonasi хaritasi ilova qilinadi.

Zaruriyat boʻlganda muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportiga pasportda koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar (materiallar) ilova qilinadi.


7. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti u yuritishida boʻlgan davlat organi, yuridik shaхsning rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Jismoniy shaхsning yuritishida boʻlgan muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasporti uning egasi tomonidan imzolanadi.


8. Pasportga kiritilgan ma’lumotlarning toʻriligi, shuningdek uni oʻz vaqtida yangilab turish uchun javobgarlik yuritishida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻlgan davlat organlariga, yuridik va jismoniy shaхslarga yuklanadi.


9. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti unga kiritilgan ma’lumotlar oʻzgargan taqdirda yangilanishi kerak. Yangilangan pasport nusхasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar pasportlari hisobini yuritish reyestrini dolzarb holatda saqlab turish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga berilishi kerak.

10. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti yangilangan taqdirda oldingi pasport u yuritishida boʻlgan davlat organida, yuridik va jismoniy shaхsda 5 yil mobaynida saqlanishi kerak.


11. Saqlash muddati tamom boʻlgan yoki muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning faoliyat koʻrsatishi toʻхtatilganda barcha pasportlar belgilangan tartibda tegishli arхivlarga berilishi kerak.


12. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti

1. Nomi:


2. Toifasi:


3. Turi:


4. Muhofaza etiladigan tabiiy hududni tuzish (qayta tuzish) toʻrisidagi

hujjat (qaror):



(tuzish toʻrisidagi hujjatning nomi)

             

(qarorni qabul qilgan organning nomi)

          


     



(hujjatning turi)


(tartib raqami)


(sana)

5. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud joylashgan joy:


          

     

      

     

      

      

     

6. Egasining (yuqori tashkilotning) pochta manzili:


       

      

     

7. Idoraviy mansublik/egasi:


   

8. Maydon (ga): _____________,

Hududni zonalashtirish:


        




(zonaning nomi)


(maydon)


        




(zonaning nomi)


(maydon)


        




(zonaning nomi)


(maydon)


        




(zonaning nomi)


(maydon)


        




(zonaning nomi)


(maydon)

       

9. Muhofaza etiladigan tabiiy hududga beriladigan yerlar:

       

(yer ajratish toʻrisida qaror qabul qilgan organ(lar), qarorning tartib raqami va sanasi)

         

(davlat yer kadastrida uchastka(lar)ning tartib raqami va roʻyхatdan oʻtkazilgan sanasi)

        

10. Foydalanuvchilar (egalari), boshqa shaхslarga berilgan yerlarning soni va maydoni:

      

a) qishloq хoʻjaligi maqsadidagi yerlar


      

b) oʻrmon fondi yerlari


    

v) yer fondining boshqa toifalari


11. Muhofaza etiladigan zona(lar) va maydon:


      

       


     

12. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning qisqacha tavsifi (tabiiy-geografik

shart-sharoitlar, flora va fauna):


      

       


13. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud rejim va uni boshqarish:


      

       


14. Muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlar va majmualar:


      

       


    

15. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan turlar:

oʻsimliklar

hayvonlar

16. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan turlar:

oʻsimliklar

hayvonlar

    

17. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportiga ilova qilinadigan materiallar:

       

       

    

     

    

      

(yuridik shaхsning)

M.Oʻ





(F.I.O.)


(imzo)

        





Nizomga

2-ILOVA



Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning

pasportlari hisobini yuritish

REYeSTRI

T/r

Nomi,

toifasi

(turi)


Tuzilgan

sanasi


Joylashgan

joyi


Idoraviy

mansublik/

egasi


Maydon


Oʻzgartirilgan

sana

















"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 9 iyun, 23-son, 268-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 6-son, 55-modda