Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 03.12.2004 y. 711-II-son "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

03.12.2004 y.

N 711-II


"MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR

TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) oʻz qarorlarini "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, № 6, 255-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, № 6, 256-modda).



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                       E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 1-son, 2-modda