Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2004 y. 178-son "Andijon va Namangan viloyatlarida Qoradaryoning suvni muhofaza qilish zonasini va sohilboʻyi polosasini belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.04.2004 y.

N 178


ANDIJON VA NAMANGAN VILOYaTLARIDA

QORADARYoNING SUVNI MUHOFAZA QILISh

ZONASINI VA SOHILBOʻYI POLOSASINI

BELGILASh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻrisida" 1999 yil 20 oktyabrdagi 469-son qaroriga muvofiq va Qoradaryoning suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Andijon va Namangan viloyatlari hududida Qoradaryoning suvni muhofaza qilish zonasi va sohilboʻyi polosasining umumiy maydoni 1-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilarga biriktirilgan tumanlar boʻyicha tegishli ravishda 7540,7 ga va 1213,1 ga etib tasdiqlansin.


2. Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari:

Qoradaryoning sohilboʻyi polosasidagi 1165,5 ga maydondagi yerlarni oʻrmon melioratsiyasi va boshqa suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida, 2-ilovaga* muvofiq suv хoʻjaligi ob’yektlari egallab turgan yerlardan tashqari, belgilangan tartibda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilardan olsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining oʻrmon хoʻjaligi tashkilotlariga doimiy egalik qilish uchun bersinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda, ekologiya jihatidan potensial хavfli ob’yektlarni 2006 yilgacha suvni muhofaza qilish zonasidan, suv хoʻjaligidan tashqari barcha ob’yektlarni sohil boʻyi polosasidan chiqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda suvni muhofaza qilish zonasi yerlarini daraхtzorlar barpo etish uchun ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsinlar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.