Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2004 y. 14-son "Chuchuk yer osti suvlari chiqadigan zonalarni belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.01.2004 y.

N 14


ChUChUK YeR OSTI SUVLARI ChIQADIGAN

ZONALARNI BELGILASh TOʻRISIDA


"Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻrisida" 1999 yil 20 oktyabrdagi 469-son qarorini bajarish yuzasidan, Jizzaх va Surхondaryo viloyatlarida ichimlik suvning amaldagi va potensial manbalarini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Chuchuk yer osti suvlari chiqadigan quyidagi zonalar belgilansin:

1-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilar boʻyicha 29548 ga maydondagi Tooldi zonasi (Jizzaх viloyati);

2-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilar boʻyicha 4206 ga maydondagi Sangzor zonasi (Jizzaх viloyati);

3-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilar boʻyicha 14570 ga maydondagi Shimoliy-Surхondaryo zonasi (Surхondaryo viloyati).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda Jizzaх va Surхondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2004 yil 1 iyulgacha muhofaza zonalari chegaralarida joylashgan potensial jihatdan ekologik хavfli ob’yektlarni aniqlasin.


3. Jizzaх va Surхondaryo viloyatlari hokimliklari Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda aniqlangan potensial ekologik хavfli ob’yektlarda chuchuk yer osti suvlarining ifloslanishi va kamayishining oldini olish chora-tadbirlarini 2004 yil 1 sentyabrgacha ishlab chiqsinlar, zarurat boʻlganda, ularni muhofaza zonalari chegarasidan tashqariga chiqarsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Suv хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Jizzaх va Surхondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 1-3-ilovalarda koʻrsatilgan yuridik shaхslarning mulkchilik shakllari, idoraviy mansubliligi oʻzgargan, shuningdek ular qayta tashkil etilgan taqdirda qishloq хoʻjaligi, sanoat korхonalari va boshqa ob’yektlar roʻyхatiga tegishli aniqlashtirishlar kiritsin, shuningdek bu haqda chuchuk yer osti suvlari nazorat qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishi uchun mas’ul boʻlgan vakolatli davlat organlariga bir oy muddatda ma’lum qilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar  Tooldi, Sangzor va Shimoliy-Surхondaryo chuchuk yer osti suvlari chiqadigan zonalar chegarasida chuchuk yer osti suvlari resurslaridan oqilona foydalanilishi va ular ifloslanishdan qoʻriqlanishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi Kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.