Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2004 y. 15-son "Surхondaryo viloyatidagi Surхondaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasini va qirgʻoqboʻyi polosasini belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.01.2004 y.

N 15


SURXONDARYo VILOYaTIDAGI SURXONDARYo

DARYoSINING SUVNI MUHOFAZA QILISh

ZONASINI VA QIROQBOʻYI POLOSASINI

BELGILASh TOʻRISIDA


"Alohida qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining "1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻrisida" 1999 yil 20 oktyabrdagi 469-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Surхondaryo viloyatidagi Surхondaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi qiroqboʻyi polosasi bilan tegishli ravishda 1 va 2-ilovalarga* muvofiq 9208 gektar va 1521,3 gektar etib belgilansin.


2. Surхondaryo viloyati hokimligi:

Surхondaryo daryosi qiroqboʻyi polosasidagi yerlarni yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan belgilangan tartibda olsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining oʻrmon хoʻjaligi tashkilotlariga oʻrmon-meliorativ va boshqa suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda foydalanish uchun bersin, suv хoʻjaligi ob’yektlari joylashgan yerlar bundan mustasno;

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasiga, unga yerlardan doimiy foydalanish huquqiga Davlat dalolatnomasi bergan holda, belgilangan tartibda yerlar ajratsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda 2005 yilgacha suvni muhofaza qilish zonasidan ekologiya jihatidan potensial хavfli ob’yektlarni, qiroqboʻyi polosasidan esa istisnosiz barcha ob’yektlarni chiqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda oʻrmonzorlar barpo etish uchun suvni muhofaza qilish zonasidan yerlar ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.