Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.10.2003 y. 471-son "Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida Chirchiq daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va qirgʻoqboʻyi polosasini belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.10.2003 y.

N 471


TOShKENT VILOYaTIDA VA TOShKENT

ShAHRIDA ChIRChIQ DARYoSINING SUVNI

MUHOFAZA QILISh ZONASI VA QIROQBOʻYI

POLOSASINI BELGILASh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻrisida" 1999 yil 20 oktyabrdagi 469-son va "Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv ta’minotining, davolash va madaniy-solomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida" 1992 yil 7 apreldagi 174-son qarorlariga muvofiq, Chirchiq daryosi suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida umumiy maydoni 1-ilovaga* muvofiq tumanlar boʻyicha tegishlicha 9160,6 ga va 1440,6 ga boʻlgan Chirchiq daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va qiroq boʻyi polosasi tasdiqlansin.


2. Chirchiq daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va qiroqboʻyi polosasining 2-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarga biriktirilgan yerlariga qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar maqomi berilsin.

3. Toshkent viloyati va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:

Toshkent viloyati hokimining 2001 yil 10 dekabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyхatga muvofiq ekologik хavfli ob’yektlarni 2007 yilgacha suvni muhofaza qilish zonasidan va qiroqboʻyi polosasidan belgilangan tartibda tashqariga chiqarishga oid 3-ilovaga binoan chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar, Toshkent shahri boʻyicha esa Toshkent shahar hokimligining 2002 yil 12 apreldagi 02-229-son хati bilan kelishilgan 4-ilovaga muvofiq Chirchiq daryosi havzasini ekologik solomlashtirish chora-tadbirlarini tasdiqlasinlar va amalga oshirsinlar;

oʻrmon plantansiyalari barpo etish uchun suvni muhofaza qilish zonasiga yer ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq Chirchiq daryosining suvni muhofaza qilish zonasida va qiroqboʻyi polosasida tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari bajarilishini nazorat qilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Oʻ. Sultonov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda beriladi.