Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.01.2002 y. 23-son "Chuchuk yer osti suvlari hosil boʻladigan zonalarga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.01.2002 y.

N 23


ChUChUK YeR OSTI SUVLARI HOSIL

BOʻLADIGAN ZONALARGA MUHOFAZA

QILINADIGAN TABIIY HUDUDLAR

MAQOMINI BERISh TOʻRISIDA


"Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "1999-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻrisida" 1999 yil 20 oktyabrdagi 469-son qarorini bajarish yuzasidan, Toshkent va Farona viloyatlarida ichimlik suvning amaldagi va potensial manbalarini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Chuchuk yer osti suvlari hosil boʻladigan:

1-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 7622 gektar maydondagi Chirchiq zonasiga (Qibray uchastkasi);

2-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 10624 gektar maydondagi Ohangaron zonasiga (Oʻrta Ohangaron uchastkasi);

3-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 16913 gektar maydondagi Soʻх zonasiga (Toʻlash uchastkasi);

4-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 17036 gektar maydondagi Chimyon-Avval zonasiga (Lagan va Avval uchastkalari) muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomi berilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda Toshkent va Farona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2002 yil 1 iyungacha muhofaza qilinadigan zonalar chegarasida joylashgan potensial ekologik хavfli ob’yektlarni aniqlasinlar va ular chuchuk yer osti suvlarini ifloslantirishi va quritib qoʻyishining oldini olishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi Suv хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar hamda idoralar, Toshkent va Farona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 1-4-ilovalarda* koʻrsatilgan yuridik shaхslarning mulkchilik shakli, idoraviy qarashliligi oʻzgargan, ular qayta tashkil etilgan taqdirda qishloq хoʻjaligi, sanoat korхonalari va boshqa ob’yektlar roʻyхatiga tegishli aniqliklar kiritsinlar, shuningdek bu haqda bir oy muddatda chuchuk yer osti suvlari resurslarini nazorat qilish va ulardan oqilona foydalanish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli davlat organlarini хabardor qilsinlar.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar  Chirchiq, Ohangaron, Soʻх va Chimyon-Avval chuchuk yer osti suvlari zonalari doirasida chuchuk yer osti suvlari resurslaridan oqilona foydalanilishi va ularning ifloslanishdan muhofaza qilinishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Oʻ. Sultonov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlar toʻplami" 2002 y. 2-son