Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2000 y. 83-son "Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
10.03.2000 y.
N 83
ChIMYoN-ChORVOQ ZONASI TABIIY
BOYLIKLARINI SAQLASh HAMDA
HUDUDNI OʻZLAShTIRIShGA KOMPLEKS
VA IZChILLIK BILAN YoNDOShIShNI
TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI
TOʻGʻRISIDA
Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini va ekologik tozaligini toʻliq saqlash, hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 avgustdagi 366-f-son farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh, Toshkent, viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Chimyon-Chorvoq mintaqasi hududini uning tabiiy-iqlim sharoitlariga koʻra muhofaza etiladigan tabiiy hudud - tabiiy kurort hududi va dam olish hududi tabiiy hudud sirasiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Chimyon-Chorvoq hududini kompleks va izchillik bilan oʻzlashtirishga doir: birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
2001-2003 yillar investitsiya dasturida 2-ilovaga* muvofiq Chirchiq shahridagi tozalash inshootlarni kengaytirishni, Chimyonsoy, Chorvoq-Baqachoʻl, Chorvoq-Fazalkent kanalizatsiya kollektorlarini rekonstruksiya qilishni, Baqachoʻl muhandislik inshootlari qurilishini, 2003-2005 yillar investitsiya dasturida esa-chiqarib yuboruvchi kanalizatsiya tarmoqlari qurilishini;
2001-2003 yillar investitsiya dasturida 3-ilovaga* muvofiq хoʻjalik-ichimlik suv bilan ta’minlash magistral suv oqizish tarmogʻi, suv tozalash uzellari, nasos stansiyalari, Yangiqoʻrgʻon daryosidan suv olish va suv oqizish inshootlari qurilishini hamda mahalliy buloq suvlari manbalaridan suv olish inshootini, 2003-2005 yillar investitsiya dasturida esa - suvni, iste’molchilarga yetkazib berish tarmoqlarini rekonstruksiya qilishni nazarda tutsin.
6. Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, "Oʻzgidromet" markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari kempinglar va boshqa ob’yektlarni quruvchilar va ularning egalari bir oy muddatda barcha ob’yektlarni хatlovdan oʻtkazsinlar, Chimyon-Chorvoq zonasidagi ob’yektlar qurilishi yuzasidan mavjud loyiha-smeta hujjatlarini taftishdan oʻtkazsinlar va ularga tuzatishlar kiritsinlar hamda, 2000 yilning I choragida 5-ilovaga* muvofiq qurilishi tugallanmagan ob’yektlar qurilishini 2001-2005 yillarda tugallash yoki tiklash mumkin boʻlmagan taqdirda ularni buzib tashlash toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.
"Oʻzuyjoyjamgʻarmabank", zaruriyat boʻlganda, qurilishni amalga oshiruvchilarga ob’yektlar qurilishini tugallash; uchun belgilangan tartibda kredit resurslari ajratsin.
7. Toshkent viloyati hokimligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, "Oʻzgidromet" markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Chimyon-Chorvoq hududida qurilish olib borish toʻgʻrisida ilgari qabul qilingan qarorlarni qaytadan koʻrib chiqsinlar. Zarur boʻlgan taqdirda tegishli ob’yektlar egalari bilan birgalikda ularni qayta joylashtirish masalasini ishlab chiqsinlar;
Chimyon-Chorvoq hududida va, ayniqsa, Chorvoq suv ombori sohillarida ekologik vaziyatga zarar yetkazuvchi va suvni ifloslantiruvchi, oʻzboshimchalik bilan qurilgan ob’yektlarni yoʻqotish masalasini qonunda belgilangan tartibda hal qilsinlar;
Chimyon-Chorvoq hududida ekologik vaziyatga zarar yetkazadigan har qanday sanoat, qishloq хoʻjaligi ob’yektlari va boshqa ob’yektlar qurilishini taqiqlasinlar.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish va tashkil etish boʻyicha 6-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika shtabi tuzilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.