Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.05.2003 y. 199-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.05.2003 y.

N 199


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ATROF

TABIIY MUHIT IFLOSLANTIRILGANLIGI VA

ChIQINDILAR JOYLAShTIRILGANLIGI UChUN

TOʻLOVLAR TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarishning iqtisodiy usullariga oʻtishni yanada ta’minlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida", "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida", "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻrisida", "Chiqindilar toʻrisida"gi qonunlarida nazarda tutilgan tabiatdan foydalanishda iqtisodiy meхanizmni bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun 2003 yil 1 maydan boshlab kompensatsiya toʻlovlari joriy etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:

50 foizi - Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasiga;

50 foizi - respublika byudjetiga.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, zaruriyatga koʻra, Vazirlar Mahkamasiga atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdorlarini indeksatsiya qilish boʻyicha takliflar kiritsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:

tabiatdan maхsus foydalanganlik uchun toʻlovlar tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida yigirma kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 9-10-son, 71-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 5, 35-modda.