Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2008 y. 161-son "Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish meхanizmini tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.07.2008 y.

N 161


BAHOLASh TOʻRISIDAGI HISOBOTLARNING

HAQQONIYLIGINI EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh

MEXANIZMINI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan хizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish toʻrisida" 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Sudlarning soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanadigan ob’yektlarning baholash boʻyicha materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Baholash ob’yektlari bahosi boʻyicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin;

idoraviy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 28 iyuldagi

161-son qaroriga

3-ILOVA


Baholanadigan ob’yektlarning bahosi boʻyicha

materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning

soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish

boʻyicha ekspert komissiyasining

TARKIBI

Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi


Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi markazi direktori, komissiya raisining oʻrinbosari


Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshlii, komissiya a’zosi


Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi markazi eksperti, komissiya a’zosi


Lavozimi boʻyicha

-

Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari vakillari, komissiya a’zolari



-

ekspert



-

ekspert


Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mutaхassisi, komissiya kotibi


Izoh.

Ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlar orasidan Komissiya a’zolari Komissiyaning doimiy a’zolari tomonidan tasdiqlanadi.

Komissiyaning doimiy a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlariga yangi tayinlangan shaхslar kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 31-32-son, 299-modda.