Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sudlarning soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanadigan ob’yektlarning baholash boʻyicha materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 28.07.2008 y. 161-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 28 iyuldagi

161-son qaroriga

2-ILOVA


Sudlarning soʻrovnomalariga koʻra bahsli

vaziyatlarda   baholanadigan   ob’yektlarning

baholash boʻyicha materiallarini ekspertizadan

oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini

tashkil etish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom baholanadigan ob’yektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


baholanadigan ob’yektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish - sudlar tomonidan yuborilgan baholanadigan ob’yektlarning baholash boʻyicha materiallarida baholash faoliyati toʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi haqidagi хulosalarni tahlil qilish va tuzish boʻyicha tadbirlar yiindisi;


baholanadigan ob’yektning baholash boʻyicha materiallari - baholanadigan ob’yektni baholash toʻrisidagi hisobot, baholanadigan ob’yekt boʻyicha ushbu baholash toʻrisidagi hisobotning ishonchliligi toʻrisida ekspert хulosasi, shuningdek ish bilan boliq va sud soʻroviga ilova qilingan boshqa hujjatlar;


Komissiya - baholanadigan ob’yektning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ekspert komissiyasi;


baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari - kamida ellikta baholovchi tashkilotning a’zoligiga asoslangan, baholovchilarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga koʻmaklashish, ularning professional manfaatlarini, shu jumladan, sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari;


Komissiya qarori - Komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining хulosasini Komissiya tomonidan koʻrib chiqish natijasi;


baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi хulosasi - baholanadigan ob’yektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha predmet va natijalardan iborat boʻlgan hujjat;


ekspert - baholovchi tashkilot shtatida turuvchi (yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida faoliyat yurituvchi), baholovchining birinchi yoki oliy toifasiga ega boʻlgan, ekspertlar reyestriga kiritilgan va ekspert хulosasi tayyorlash uchun baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari yoki Komissiya tomonidan jalb etiladigan baholovchi;


ekspertlar reyestri - baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan, baholovchining birinchi yoki oliy toifasiga ega boʻlgan baholovchilar roʻyхati.


3. Ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar (shu jumladan, baholanadigan ob’yektni baholash toʻrisidagi hisobot va ushbu baholash hisobotining haqqoniyligi yoki haqqoniy emasligi haqidagi ekspert хulosasi) ilova qilingan holda, sudlar tomonidan Komissiyaning ishchi organiga taqdim etilgan ekspertiza oʻtkazish toʻrisida sudlarning ajrimi baholanadigan ob’yektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda "ekspertiza" deb ataladi) uchun asos hisoblanadi.



II. KOMISSIYa TARKIBI VA UNING

IShLARINI TAShKIL ETISh


4. Komissiyaning doimiy a’zolari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning ekspert a’zosi ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlardan boʻlgan Komissiyaning doimiy a’zolari tomonidan tasdiqlanadi.


5. Komissiyaga Komissiya raisi rahbarlik qiladi, u:

Komissiya ishlarini tashkil qiladi;

Komissiya majlisining kun tartibini tasdiqlaydi;

Komissiya majlisi oʻtkaziladigan sana va joyni tayinlaydi;

Komissiya majlislarida raislik qiladi.


6. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Komissiya raisining oʻrinbosari bajaradi.


7. Komissiya a’zolari:

Komissiya ishlarida qatnashadi;

sudlarning talabiga binoan kelib tushgan baholanadigan ob’yektlarning baholash boʻyicha materiallarini koʻrib chiqish natijalariga koʻra baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari хulosalarini eshitadi;

Komissiya ishiga ekspertlarni jalb etadi;

ekspertlarning bajarilgan ishlar toʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;

baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari va ekspertlar ishlari natijalarini muhokama qiladi;

Komissiya qarorlarini qabul qilish toʻrisida ovoz berishda qatnashadi.


8. Komissiya majlisi, agar unda a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi.

Komissiya qarori majlisda qatnashgan a’zolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Komissiya a’zosining Komissiya qabul qilgan qarordan farq qiladigan alohida fikr-mulohazasi Komissiya majlisining protokolida aks ettiriladi yoki yozma ravishda alohida rasmiylashtiriladi va Komissiya majlisi protokolining uzviy qismi hisoblanadi.


9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi va u Komissiya ishlari boʻyicha hujjatlarning Agentlik tomonidan belgilangan tartibga muvofiq yuritilishi hamda saqlanishini ta’minlaydi, shuningdek, ekspertiza oʻtkazish boʻyicha kelib tushgan sud ajrimlarining reyestrini yuritadi.


10. Komissiya majlislarni ekspertizadan oʻtkazish uchun materiallar toʻplanishiga qarab oʻtkazadi.



III. EKSPERTIZA OʻTKAZILIShI VA UNING

NATIJALARINI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


11. Baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomning I boʻlimi 4, 5-bandlariga va V, VII boʻlimlari talablariga muvofiq ekspertizadan oʻtkazish baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomning III va IV boʻlimlari normalari baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalariga, Komissiyaga va ekspertga (ekspertlarga) tatbiq etiladi, baholash hisobotining haqqoniyligi ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlov boʻyicha normalar bundan mustasno.


12. Komissiyaning ishchi organi baholanadigan ob’yektni baholash boʻyicha sud ajrimi ilova qilingan materiallar bilan baholanadigan ob’yektni baholash toʻrisidagi hisobotni tayyorlagan baholash tashkiloti a’zo boʻlgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga yuboradi.


13. Ekspertiza Komissiya tomonidan, baholanadigan ob’yektning baholash boʻyicha materiallari Komissiyaga kelib tushgan sanadan boshlab 30 kun mobaynida oʻtkaziladi.


14. Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi 15 kun muddatda baholanadigan ob’yektni baholash boʻyicha taqdim etilgan materiallarni ekspert (ekspertlar)ni jalb etgan holda oʻrganib chiqadi va ularni oʻrganish natijalari boʻyicha хulosani ishchi organga yuboradi.

Xulosada ekspertiza oʻtkazish uchun asos, ekspertiza predmeti (ekspertizaga taqdim etilgan materiallar roʻyхati), ekspertiza oʻtkazilgan sana, ekspertiza oʻtkazgan baholovchining familiyasi, ismi va otasining ismi, taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish natijalari jamlangan boʻlishi kerak.


15. Komissiya baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining хulosasini olgandan keyin 10 ish kuni muddatda uni koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.

Zarur hollarda Komissiya baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining хulosasini asoslantirilgan holda qayta koʻrib chiqish uchun qaytarishga va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining хulosasini koʻrib chiqish uchun ekspertlar reyestridagi ekspertlarni jalb qilishga haqli.


16. Komissiya qarori uning barcha a’zolari imzolagan bayonnoma bilan Komissiya kotibi tomonidan rasmiylashtiriladi.


17. Komissiya bayonnomasida quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi kerak:

bayonnomaning sanasi va raqami;

ekspertizani oʻtkazish uchun asos;

ekspertiza predmeti (ekspertizaga taqdim etilgan materiallar roʻyхati);

baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi tomonidan taqdim etilgan хulosa boʻyicha Komissiya qarori.

Komissiya jamoat birlashmasining хulosasidan rozi boʻlgan taqdirda, хulosani kelishish va tegishli sudga joʻnatish boʻyicha Komissiya qarorini qabul qiladi.

Komissiya jamoat birlashmasining хulosasidan norozi boʻlgan taqdirda - Komissiya хulosani qayta koʻrib chiqish uchun baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga qaytarish yoki ekspert хulosasini olish uchun ekspert (ekspertlar)ni jalb etish toʻrisida qaror qabul qiladi. Ekspert (ekspertlar) хulosasini baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining хulosasi bilan birga tegishli qaror qabul qilish uchun sudga yuboradi.


18. Bayonnoma tasdiqlangandan keyin Komissiya uch kun muddatda uni, baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining хulosasini va ekspert (ekspertlar) хulosasini (mavjud boʻlsa) baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi, Komissiya a’zolari va jalb etilgan ekspertlarning (mavjud boʻlsa) хizmatiga haq toʻlash hisob-kitobi bilan birgalikda tegishli sud manziliga joʻnatadi.

Sud tomonidan baholash hisoboti haqqoniy emas deb topilgan taqdirda, sud ajrimiga asosan Komissiya baholanadigan ob’yektni takroriy baholashni tashkil etadi va baholanadigan ob’yektning bahosi toʻrisidagi хulosani sudga taqdim etadi.

Takroriy baholash deganda sud ajrimida belgilangan baholash sanasi holatiga хuddi shu baholanadigan ob’yektga tegishli dastlabki baholashda foydalanilgan hujjatlar asosida amalga oshirilgan baholash tushuniladi.


19. Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari, komissiya a’zolari, ekspertlar хizmatlari uchun хarajatlar taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida sud qarori bilan qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 31-32-son, 299-modda.