Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2008 y. PQ-843-son "Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan хizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.04.2008 y.

N PQ-843


BAHOLOVChI TAShKILOTLAR

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

VA KOʻRSATILAYoTGAN XIZMATLAR SIFATI

UChUN ULARNING MAS’ULIYaTINI

OShIRISh TOʻRISIDA


Qayd etib oʻtilsinki, respublikada baholash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur qonuniy-huquqiy baza shakllantirilgan, uni faol rivojlantirish uchun iqtisodiy rabatlantirish vositalari yaratilgan, litsenziyalar berish tartibi sezilarli darajada soddalashtirilgan.

Ayni vaqtda baholovchi tashkilotlarning amaliy faoliyati oʻsib borayotgan zamonaviy talablarni qoniqtirmayapti. Baholash ishlari bir qator hollarda yuzaki va past professional darajada oʻtkazilmoqda, хususiylashtiriladigan ob’yektlarning haqiqiy qiymati va koʻrsatiladigan хizmatlarning sifati хolisona baholanishi uchun baholovchi tashkilotlarning zarur darajadagi mas’uliyati ta’minlab berilmayapti.

"Baholash faoliyati toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq va mustaqil baholash tizimini yanada rivojlantirish, baholash хizmatlarining professional saviyasi hamda sifatini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini tartibga solishning samarali usullarini tadbiq etish, baholash ishlarining natijalari va хolisligi boʻyicha ularning mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan baholovchi tashkilotlar faoliyatini ta’minlash sohasida, eng avvalo, baholash ishlarini tartibga soluvchi standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tadbiq etish, bajarilayotgan baholash ishlarining хolisligi va sifati ustidan nazorat oʻrnatish masalalarida olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz deb topilsin.


2. Belgilansinki, 2008 yilning 1 iyulidan baholash faoliyati faqat yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

Quyidagilarni:

qimmatbaho qoozlar, ulushlar, intellektual mulk ob’yektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari koʻchar mol-mulkni baholovchi tashkilotlar - bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1500 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida ikkita baholovchiga ega boʻlishi;

mulkiy kompleks sifatidagi korхonadan tashqari koʻchmas mulkni baholovchi tashkilotlar - bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2000 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida uchta baholovchiga ega boʻlishi;

biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korхonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholovchi tashkilotlar - bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2500 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida toʻrtta baholovchiga ega boʻlishi shartligi belgilab qoʻyilsin.

3. Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

2008 yilning 1 sentyabrigacha Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻrisidagi Nizomning talab va shartlariga toʻliq javob beruvchi amaldagi baholovchi tashkilotlarni belgilangan tartibda qaytadan roʻyхatga olsin va baholash faoliyatini amalga oshirish uchun ularga yangi nusхadagi litsenziyalar bersin;

Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2008 yilning 1 sentyabridan boshlab Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻrisidagi nizomning talab va shartlariga javob bermaydigan baholovchi tashkilotlar faoliyatini belgilangan tartibda toʻхtatish choralarini koʻrsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi ob’yektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi tashkil etilishini nazarda tutgan holda, baholash toʻrisidagi hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi toʻrisida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

baholovchining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazishda ochiqlik va хolislikni ta’minlovchi tartib-qoidalarni takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari mazkur qaror talablariga mos ravishda muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 18-son, 145-modda.