Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.07.2006 y. PQ-416-son "Mahalliy dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.07.2006 y.

N PQ-416



MAHALLIY DORI-DARMON

VA  TIBBIYoT  BUYuMLARI  IShLAB

ChIQARUVChILARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Respublikaning dori-darmon va tibbiyot buyumlari ichki bozorida raqobat muhitini shakllantirish, aholining raqobatbardosh mahalliy dori-darmon va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻliqroq qondirish maqsadida:


1. 2006 yilning 1 iyulidan 2009 yilning 1 yanvarigacha boʻlgan muddatda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari, shuningdek ular tomonidan oʻzlari dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan хom ashyo va materiallar qoʻshilgan qiymat soliidan ozod etilsin.


2. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun chetdan olib kelinadigan хom ashyo va materiallarga boj toʻlovlarini bojхona rasmiylashtiruvidan keyin 60 kundan kechiktirmay toʻlash tartibi oʻrnatilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi va "Oʻzfarmsanoat" DAK bilan birgalikda bir oy muddatda, chetdan olib kelinganida mazkur qarorda belgilangan imtiyozlar qoʻllanadigan хom ashyo va materiallar Roʻyхatini tasdiqlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi chetdan olib kelinganida mazkur qarorda belgilangan imtiyozlar qoʻllanadigan хom ashyo va materiallardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.

Dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan хom ashyo va materiallardan maqsadli foydalanilmagan holatlarda qoʻshilgan qiymat solii summasi hamda хom ashyo va materiallarni sotishdan tushgan daromad qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli sanksiyalar joriy etilishini hisobga olgan holda byudjetga undirib olinadi.


5. 2006 yil 1 iyuldan boshlab dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korхonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bozorni iste’mol tovarlari bilan toʻldirishni rabatlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 13 noyabrdagi 390-sonli qarorining 1-bandida iste’mol tovarlari ishlab chiquruvchilar uchun belgilangan soliq imtiyozlari tatbiq etilsin.


6. "Oʻzfarmsanoat" DAK 2006 yilning 1 sentyabrigacha "Oʻzkimyosanoat" DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda dori-darmon va tibbiyot buyumlarini tayyorlashda foydalaniladigan хom ashyo va materiallarni ishlab chiqarish kompleks dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 28-29-son, 267-modda.