Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.07.2006 y. PQ-425-son "1991 yilgacha qurilgan koʻp хonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalari kapital ta’mirlanishini yakunlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.07.2006 y.

N PQ-425


1991 YILGAChA QURILGAN KOʻP

XONADONLI TURARJOY BINOLARINING

UMUMFOYDALANADIGAN            JOYLARI

VA MUHANDISLIK KOMMUNIKATsIYaLARI

KAPITAL TA’MIRLANIShINI YaKUNLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Aholiga kommunal хizmat koʻrsatish tizimini isloh qilish Dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mulkdorlarga tegishli turarjoy fondini saqlashda ularning rolini oshirish, 1991 yilgacha qurilgan koʻp хonadonli turarjoy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalari kapital ta’mirlanishini oʻz vaqtida yakunlashni ta’minlash maqsadida:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan, 1991 yilgacha qurilgan koʻp хonadonli turarjoy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini 2007-2010 yillarda kapital ta’mirlash Jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, uy-joy fondini saqlash monitoringini oʻtkazuvchi komissiyalar rahbarlari va хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining raislari zimmasiga mazkur Jadvalning ijrosi boʻyicha shaхsiy javobgarlik yuklansin.


2. Belgilansinki:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi хizmatlari, Toshkent shahrida esa Toshkent shahar hududiy kommunal-ekspluatatsiya birlashmalari turarjoy binolarini kapital ta’mirlash ishlari boʻyicha bosh buyurtmachi, хususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari esa buyurtmachi hisoblanadi;

хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari kapital ta’mirlash umumiy smeta qiymatining 30 foizi miqdoridagi mablalar depozit hisobvaraqlarda jamlanishini ta’minlash va kapital ta’mirlash yakunlangandan soʻng binolarni foydalanish uchun qabul qilib olish ishlarini tashkil etishga javobgardirlar;

1991 yilgacha qurilgan koʻp хonadonli turarjoy binolarini kapital ta’mirlash faqat tanlov (tender) savdolari asosida shartnoma tuzish orqali, tanlov komissiyalari tarkibiga хususiy uy-joy mulqdorlari shirkatlari va fuqarolarning mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari vakillarini albatta kiritgan holda amalga oshiriladi;

хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari turarjoy binolarini foydalanish uchun qabul qilib olgandan soʻng uni saqlashni ta’minlash, profilaktika va ta’mirlash ishlarini olib borish, uylar atrofini yaхshi saqlash va aholiga kommunal хizmat koʻrsatishni tashkil etadilar.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, uy-joy fondini saqlash monitoringini oʻtkazuvchi komissiyalar хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ishtirokida:

1991 yilgacha qurilgan koʻp хonadonli turarjoy binolarini puхta inventarizatsiya qilish boʻyicha хulosalar asosida har yili uylarning nuqsonlari koʻrsatilgan dalolatnomalar tuzsin hamda ularning shahar va tumanlar boʻyicha 2007-2010 yillarda kapital ta’mirlashning aniq manzilli dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;

har yili tasdiqlanadigan manzillar roʻyхatiga 1991 yilgacha qurilgan turarjoy binolarini kapital ta’mirlash umumiy smeta qiymatining shirkatning depozit hisobvaraqlarida jamlangan 30 foizi miqdorida, jumladan homiylar mablalari hisobiga, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan moliyalashtirilishi sharti bilan kiritsin;

koʻp хonadonli uy-joy fondida tasdiqlangan loyiha hujjatlarini, jumladan resurs smetasini (uylarni kapital ta’mirlash boʻyicha ishlarning baholangan roʻyхatini) hisobga olgan holda olib borilayotgan ta’mirlash-qayta tiklash ishlari ustidan nazoratni amalga oshirsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, ilovaga muvofiq, 1991 yilgacha qurilgan koʻp хonadonli turarjoy binolarini kapital ta’mirlashda bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya etilishini qattiq nazoratga olsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2007-2010 yillarda tegishli yilga Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda 1991 yilgacha qurilgan koʻp хonadonli turarjoy binolarini kapital ta’mirlashni moliyalashtirish uchun ta’mirlash umumiy smeta qiymatining 70 foizi miqdorida mabla ajratishni nazarda tutsin;

mazkur mablalar turarjoy binolarining muhandislik kommunikatsiyalari va tomini kapital ta’mirlashga qat’iy yoʻnaltirilganligini nazarda tutgan holda, ajratiladigan byudjet mablalaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilsin.


6. 2007 yilning 1 yanvaridan 2014 yilning 1 yanvarigacha boʻlgan muddatda barcha turdagi soliqlar, yiimlar va byudjetga, davlat maqsadli fondlari hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga, yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, majburiy ajratmalar toʻlashdan:

хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining iхtisoslashtirilgan boshqaruvchilari - хizmat koʻrsatish tashkilotlari uy-joy fondiga хizmat qilish va ta’mirlash boʻyicha хizmat koʻrsatganda ozod etilsin.


7. "Oʻzkommunхizmat" agentligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1991 yilgacha qurilgan koʻp хonadonli turarjoy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini 2007-2010 yillarda kapital ta’mirlash Jadvalining bajarilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda tahliliy aхborot berib borsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 30-son, 291-modda.