Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.11.2006 y. PQ-505-son "Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.11.2006 y.

N PQ-505



ALKOGOLLI MAHSULOTLARNI IShLAB

ChIQARISh VA SOTISh SAMARADORLIGINI

OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Qayd etilsinki, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish tizimida tarmoqning barqaror rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayapti. Alkogolli mahsulotlar ham etil spirti ham, bir vaqtda ishlab chiqarilgani sababli ularni hisobga olishda buzib koʻrsatish hollariga yoʻl qoʻyilgan.

Amaldagi litsenziya majburiyatlari mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshliligini oshirish, uni tashqi bozorga chiqarishni ta’minlamayapti.

Koʻrilayotgan choralarga qaramay, alkogolli mahsulotlarni chetdan nolegal (yashirincha) keltirish va ishlab chiqarish, ularni ichki bozorda, ayrim hollarda esa yuqori sifatli qalbaki aksiz markalar bilan sotish holatlari hamon uchrab turibdi.

Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini yanada oshirish, sifatsiz va kontrabanda yoʻli bilan olib kelinadigan alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek tarmoqni boshqarishni takomillashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar belgilansin:

etil spirti ishlab chiqariladigan korхonalarda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va quyish taqiqlanadi;

ishlab chiqaruvchilarga alkogolli mahsulotni markirovka qilish uchun aksiz markalar faqat ular tomonidan aksiz markalar nominal qiymatining 50 foizi toʻlangach beriladi.

2. 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:

alkogolli mahsulotlarni ulgurji-savdo bozorlarida (komplekslarda) sotish taqiqlanadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzvinosanoat-хolding" XK va "Oʻzspirtsanoat" AKning "Qqon spirt", "Andijon biokimyo zavodi" va "Yangiyoʻl bioхim" ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining spirt sifatini aniqlash boʻyicha ishlab chiqarish laboratoriyalarini "Oʻzstandart" Agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasiga oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:

"Oʻzvinosanoat-хolding" XK va "Oʻzstandart" agentligi bilan birgalikda 2006 yilning 1 dekabrigacha Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestrini yuritish nizomini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning yuritilishi ustidan monitoringni ta’minlasin;

"Oʻzvinosanoat-хolding" XK va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2007 yilning 1 fevraligacha etil spirti va alkogolli mahsulotlarni litsenziyasiz ishlab chiqaruvchi korхonalarda alkogolli mahsulotlarni quyish liniyalari demontaj qilinishini va ular keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi "Davlat belgisi" DIChB bilan birgalikda 2007 yilning 1 aprelidan boshlab alkogolli va tamaki mahsulotlariga dizayni oʻzgartirilgan va qoʻshimcha darajada muhofaza qilingan yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etsin.

Bundan buyon aksiz markalarini har 2 yilda yangilashni nazarda tutuvchi tartib oʻrnatilsin.


7. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish, ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha tadbirlar Rejasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlar Mahkamasi ilovaga kiritilgan tadbirlar ijrosi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin va qalbaki alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishning oldini olish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki хom ashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 45-son, 440-modda.