Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.1998 y. 212-son "Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksini, "Qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) toʻgʻrisida"gi, "Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida"gi, "Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini hayotga tatbiq etish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.05.1998 y.

N 212



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YeR KODEKSINI, "QIShLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVI

(ShIRKAT   XOʻJALIGI)   TOʻRISIDA"GI,   "FERMER

XOʻJALIGI TOʻRISIDA"GI, "DEHQON XOʻJALIGI

TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNLARINI HAYoTGA TATBIQ ETISh

ChORA-TADBIRLARI HAQIDA


Qishloq хoʻjaligida oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning amaliyligi va samaradorligini yuksaltirish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksini, "Qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) toʻrisida"gi, "Fermer хoʻjaligi toʻrisida"gi, "Dehqon хoʻjaligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarini hayotga tatbiq etish jarayonlarini davlat nazoratida ushlash hamda bu muhim masalani amalga oshirishda oʻziboʻlarchilik va oʻzboshimchalikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur qonunlarini hayotga tatbiq etish boʻyicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlashni bir yarim oy muddatda ta’minlasin.

Belgilab qoʻyilsinki, ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarda va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi tartibi, shart-sharoitlari va muddatlari koʻrsatilsin.


3. Respublika komissiyasi 1998 yil 1 iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Yerdan foydalanish va yer unumdorligini saqlash davlat qoʻmitasini tuzish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining Farmoni va mazkur Qoʻmita faoliyati toʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihalarini tayyorlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuqorida qayd etilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tegishli tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov