Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 19.08.1992 y. 388-son "Qand-shakarga ulgurji narхlar belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.08.1992 y.

N 388



QAND-ShAKARGA ULGURJI NARXLAR

BELGILASh TOʻFRISIDA


Respublikaga qand-shakar turli darajadagi shartnomaviy narхlarda keltirilayotganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Sanoatda qayta ishlash uchun foydalaniladigan qand-shakarning cheklangan ulgurji narхlari 1992 yil 20 avgustdan boshlab 1 kilogrammi uchun 80 soʻm miqdorida belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sanoatda qayta ishlash uchun yetkazib beriladigan qand-shakarning ulgurji narхlarini, uni sotib olishning amalda vujudga kelayotgan narхlarini hisobga olgan holda, har oyda qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

narхlar qayta koʻrib chiqilayotganda paydo boʻladigan farqlarning oʻrnini toʻldirish yuzasidan savdo tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish tartibini oʻrnatsin;

ulgurji narхlar preyskurantlarini manfaatdor vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov