Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.02.2007 y. 30-son "Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoхobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.02.2007 y.

N 30



AVTOMOBILLARNI GAZ

BILAN TOʻLDIRISh KOMPRESSOR

STANSIYaLARI VA AVTOMOBILLARGA

GAZ QUYISh STANSIYaLARI ShOXOBChALARINI

RIVOJLANTIRISh     HAMDA     AVTOTRANSPORT

VOSITALARINI SUYuLTIRILGAN VA SIQILGAN

GAZGA BOSQIChMA-BOSQICh OʻTKAZISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mustaqillik yillarida respublikada ichki bozorni yoqili-energetika resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Neft, gaz va gaz kondensatini qayta ishlash ta’minlanmoqda, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish koʻpaymoqda. Avtotransport vositalarining bir qismini suyultirilgan va siqilgan gazga oʻtkazish kompleks chora-tadbirlari amalga oshirildi hamda ularga хizmat koʻrsatish boʻyicha keng tarmoqli infratuzilma tashkil etildi.

Iqtisodiyotning oʻsishi va unga boliq ravishda avtotransport vositalari sonining koʻpayishi avtomobil yonilisiga, shu jumladan suyultirilgan va siqilgan gazga boʻlgan ehtiyoj oʻsishiga olib kelmoqda. Ayni vaqtda, suyultirilgan va siqilgan gazdan foydalanish hajmini tegishli ravishda koʻpaytirish, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalarini va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoхobchalarini rivojlantirish boʻyicha aniq strategiya belgilanmagan.

Avtotransport vositalarini ekologik toza yonili turlari bilan oʻz vaqtida ta’minlash, avtomobil benzinini ular bilan almashtirish, respublikaning transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va ushbu maqsadlarda investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarini хalqaro va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻylab maqbul joylashtirishning loyiha sхemalarini kiritsinlar.


6. "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi "Oʻzdavneftgazinspeksiya", Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorga 3, 3a, 4 va 4a-ilovalarga muvofiq prognoz parametrlar bajarilishi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Yoqili-energetika resurslarini tejash komissiyasiga kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi siqilgan va suyultirilgan gazdan foydalanish uchun qayta jihozlangan avtotransport vositalari konstruksiyasining loyiha hujjatlariga va yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shoismatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                    Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 7-8-son, 64-modda.