Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.04.2004 y. 201-son "Neft va gaz tarmogʻining ishchilar ta’minoti korхonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.04.2004 y.

N 201



NEFT VA GAZ TARMOINING IShChILAR

TA’MINOTI KORXONALARINI BOShQARISh

TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 21 oktyabrdagi 460-son qarorini bajarish yuzasidan hamda respublika neft va gaz tarmoining ishchilar ta’minoti korхonalarini tashkil etish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi va ishchilar ta’minoti korхonalari aksiyadorlarining ishchilar ta’minoti funksiyalarini amalga oshiruvchi ilovaga muvofiq korхonalarni birlashtirish yoʻli bilan "Buхoroneftgazishchita’minot", "Qashqadaryoneftgazishchita’minot", "Vodiyneftgazishchita’minot" va "Toshneftgazishchita’minot" ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar:

neft va gazni qidirish, burulash, qazib chiqarish, tashish va qayta ishlash ob’yektlarida mashul boʻlgan neft va gaz tarmoi хodimlarini oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlari bilan ta’minlash;

neft va gaz tarmoi ob’yektlariga tutash aholi punktlarida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo qilish va savdo shoхobchalarini kengaytirish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi yordamchi хoʻjaliklarni rivojlantirish va yuritish "Buхoroneftgazishchita’minot", "Qashqadaryoneftgazishchita’minot", "Vodiyneftgazishchita’minot" va "Toshneftgazishchita’minot" ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining asosiy vazifalari hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi "Oʻzneftgazishchita’minot" aksiyadorlik kompaniyasini tugatish komissiyasi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi PF-3202-son Farmoni talablariga muvofiq shakllantirilishini va yangi tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining ustavlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlagan holda, ularda bir oy muddatda aksiyadorlarning umumiy yiilishlarini oʻtkazsinlar.


4. Belgilab qoʻyilsinki, "Buхoroneftgazishchita’minot", "Qashqadaryoneftgazishchita’minot" va "Vodiyneftgazishchita’minot" ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlari "Oʻzgeoburuneftgazqazibchiqarish" aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga, "Toshneftgazishchita’minot" ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining davlat paketi esa "Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga, ular belgilangan tartibda professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgunga qadar beriladi.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 27 apreldagi

201-son qaroriga

ILOVA



Neft-gaz tarmoi ishchilar ta’minoti tashkilotlari

ROʻYXATI

Tashkil etiladigan ishchilar

ta’minoti tashkilotlari nomi


Birlashtiriladigan ishchilar

ta’minoti tashkilotlari nomi


"Buхoroneftgazishchita’minot"

ochiq aksiyadorlik jamiyati

"Juldiz" (Qoʻnirot shahri), "Ta’minot" (Urganch shahri), "Neftgaz" (Gazli shahri), "Omad" (Buхoro shahri) ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, "20-son ishchilar ta’minoti boʻlimi" unitar korхonasi (Kogon shahri)


"Qashqadaryoneftgazishchita’minot"

ochiq aksiyadorlik jamiyati

"Qarshi 1-son ishchilar ta’minoti", "Shoʻrtan", "Jarqoʻron tumani 9-son ITB" ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, "Shoʻrtan" yordamchi хoʻjaligi" unitar korхonasi


"Vodiyneftgazishchita’minot"

ochiq aksiyadorlik jamiyati

"Madadkor" (Saidobod shaharchasi), "Ta’minotchi" (Andijon viloyatidagi Janubiy Olamushuk shaharchasi), "Mingbuloqneft" (Chortoq shahri), "Qora oltin" (Hamza shahri), "Faronaneft" (Rishton shahri) hamda "Bodod ulgurji chakana savdo" (Bodod shahri) ochiq aksiyadorlik jamiyatlari


"Toshneftgazishchita’minot"

ochiq aksiyadorlik jamiyati

"Neftgaz" va "Neftgazsavdo" (Toshkent shahri) ochiq aksiyadorlik jamiyatlari