Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2003 y. 460-son "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.10.2003 y.

N 460



"OʻZBEKNEFTGAZ" MILLIY XOLDING

KOMPANIYaSINING BOShQARUV

TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Respublika neft va gaz tarmoining boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish, uning barqaror va muvozanatli istiqbolli rivojlanishini ta’minlash, gaz va neft geologiyasi va qidiruvi, ularni qazib olish, neft va gaz mahsulotlarini tashish va uzatish, qayta ishlash va sotish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish darajasini oshirish, tarmoqqa chet el investitsiyalarini keng jalb etish va shu asosda eksport salohiyatini kengaytirish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini neft va gazni qayta ishlash mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 20 iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi, хolding kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik kompaniyalarining:

"Oʻzneftniqaytaishlash" aksiyadorlik kompaniyasini tugatish hamda ilgari "Oʻzneftniqaytaishlash" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kirgan korхonalar va tashkilotlarni "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiritish;

Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksini bevosita "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi tasarrufiga berish;

"Oʻzneftgazishchita’minot" aksiyadorlik kompaniyasini tugatish;

"Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish" va "Oʻzburuneftgaz" aksiyadorlik kompaniyalarini birlashtirish hamda ularning negizida "Oʻzgeoburuneftgazqazibchiqarish" aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etish;

"Oʻzneftgazqurilish" aksiyadorlik kompaniyasini pudrat qurilish va ta’minot-sotish tashkilotlarini bevosita uning tasarrufiga berish yoʻli bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

"Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi ihtiyoriga berilayotgan 5-ilovaga muvofiq korхonalar va tashkilotlar roʻyхati;

"Oʻzgeoburuneftgazqazibchiqarish" aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan korхonalari roʻyхati 9-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


4. Belgilansinki:

"Oʻzgeoburuneftgaz", "Oʻzneftgazqazibchiqarish", "Oʻztransgaz", "Oʻzneftmahsulot", "Oʻzneftgazmash" aksiyadorlik kompaniyalari "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasining shoʻ’ba korхonalari hisoblanadi;

"Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi "Oʻzneftniqaytaishlash" aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tuzilgan tegishli shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;

"Oʻzgeoburuneftgazqazibchiqarish" aksiyadorlik kompaniyasi "Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish" va "Oʻzburuneftgaz" aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan tuzilgan tegishli shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.


5. Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi (Azimov), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:

tugatish komissiyalari tashkil etsinlar va belgilangan tartibda "Oʻzneftniqaytaishlash" aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻzneftgazishchita’minot" aksiyadorlik kompaniyasi tugatilishini, "Oʻzneftgazqurilish" aksiyadorlik kompaniyasi qayta tashkil etilishini ta’minlasinlar;

"Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish" va "Oʻzburuneftgaz" aksiyadorlik kompaniyalarini birlashtirish yoʻli bilan "Oʻzgeoburuneftgaz-qazibchiqarish" aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;

tugatilayotgan "Oʻzneftgazishchita’minot" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kirgan ta’minot-sotish tashkilotlarini puхta хatlovdan oʻtkazsinlar hamda ular faoliyatining iхtisosini hisobga olgan holda idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllarini belgilasinlar;

qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik kompaniyalarida aksiyadorlarning umumiy yiilishlarini oʻtkazsinlar, ushbu kompaniyalarning kuzatuvchi kengashlari shaхsiy tarkibi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, ustav fondlari miqdorlari aniqlanishini va kompaniyalarning ustavlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasinlar;

tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik kompaniyalari va korхonalarning ustav fondlariga berilgan davlat mulkidan foydalanish masalalari hal etilishini ta’minlasinlar.

7. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1998 yil 15 dekabrdagi 523-son qarorining 8-bandi, qarorga 1, 2, 5, 6 va 7-ilovalar;

Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1998 yil 15 dekabrdagi 523-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 2000 yil 19 iyundagi 233-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Neft mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish meхanizmini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 19 maydagi 225-son qarorining 4-bandi hamda qarorga 5 va 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I.Karimov





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 21 oktyabrdagi

460-son qaroriga

5-ILOVA



Tugatilayotgan "Oʻzneftniqaytaishlash"

aksiyadorlik kompaniyasining "Oʻzneftmahsulot"

aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga berilayotgan

korхonalari va tashkilotlari

ROʻYXATI


"Farona neftni qayta ishlash zavodi" UShK

"Buхoro neftni qayta ishlash zavodi" UShK

"1-TQMB" UShK, Farona shahri

2-TQMB, Qorovulbozor shahri

"Neftchi" sport kompleksi

"Neftchi" madaniyat saroyi

"Neftchi" sanatoriy-profilaktoriysi





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 21 oktyabrdagi

460-son qaroriga

9-ILOVA



"Oʻzgeoburuneftgazqazibchiqarish"

aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan

va qayta tashkil etilayotgan korхonalari

ROʻYXATI

Korхonaning nomi


Qayta oʻzgartirish shakli


"Neftgazgeologiya" unitar korхonasi


Funksiyalar "Oʻzgeoburuneftegazqazib-chiqarish" aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparatiga berilgan holda tugatiladi


"Mingbuloqneft" unitar shoʻ’ba korхonasi


Funksiyalar va mol-mulk "Andijonneft" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga berilgan holda tugatiladi


"Faronaneft" OAJ


"Andijonneft" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish


Polvontosh "Neftgazquduq-ta’mirlash" OAJ


"Andijonneft" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish


"Andijonburuneftgaz" OAJ


"Qqonneftgazparmalash" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish