Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.06.2000 y. 220-son "Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
08.06.2000 y.
N 220
OʻZBEKISTON NEFT MAHSULOTLARI
VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT
QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSINI
TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Iqtisodiyot tarmoqlarida neft mahsulotlari va gazdan oqilona hamda samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishning yagona tizimini takomillashtirish, "Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" 1999 yil 21 sentyabrdagi 439-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. "Oʻzneftgazinspeksiya" negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi ("Oʻzdavneftgazinspeksiya") tashkil etilsin, u "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi tarkibidan chiqarilsin.
7. "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi "Oʻzneftgazinspeksiya" balansidagi mavjud asbob-uskunalar, inventarlar va transport vositalarini "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ga tekin bersin.
8. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bir oy muddatda "Oʻzdavneftgazinspeksiya" Markaziy apparatini zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning Markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari uchun binolar ajratsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar bir oy muddatda amaldagi me’yoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari V.Y.Atayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
2000 yil 8 iyundagi
220-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi qarorlariga kiritiladigan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 9 martdagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 1994 y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan "Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi Nizom"da:
Nizom matnidagi "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasining "Oʻzneftgazinspeksiya"siga berilgan koʻrsatmalar "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
3-banddagi "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi "soʻzsiz" soʻzi "akseptsiz" soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 dekabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan mazkur qarorga 11-ilovadagi "Aksiyalarining nazorat va davlat paketlari, mol-mulki "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi ustav fondiga beriladigan aksiyadorlik kompaniyalari, korхonalar va tashkilotlar roʻyхati"dan hamda 12-ilovadagi "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi tuzilmasi"dan "Oʻzneftgazinspeksiya" Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi" hamda "Oʻzneftgazinspeksiya" soʻzlari chiqarib tashlansin.
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 yil, 6-son, 29-modda