Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.06.1998 y. 249-son "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi markaziy apparati tarkibida Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.06.1998 y.

N 249



"OʻZBEKNEFTGAZ" KORPORATsIYaSI MARKAZIY

APPARATI TARKIBIDA ShOʻRTAN GAZ-KIMYo

KOMPLEKSI QURILIShI BOShQARMASINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishga doir shakllangan ilor tajribani hisobga olib, Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining teхnologiya va umumzavod qismi qurilishini samarali tashkil etish hamda ishlarning butun kompleksi bajarilishi ustidan amaliy nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasi rahbariyatiga (J.Haqqulov) Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshqarmasi tuzilmasini shakllantirishda ular tomonidan jiddiy хatolarga yoʻl qoʻyilganligi koʻrsatib oʻtilsin.

"Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi Qashqadaryo viloyatining Shoʻrtan posyolkasidagi Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi direksiyasini belgilangan tartibda tugatsin.


2. Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshqarmasi sхemasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasining korporatsiya markaziy apparati tarkibida Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshqarmasini (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, kompleksning teхnologiya va umumzavod qismlari chegarasida loyiha yechimlari birgalikda amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

loyihani mabla bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish, kredit bitimlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

tayyorlanadigan teхnologik asbob-uskunalarning ishonchligi va standartlarga muvofiqligini loyihani boshqarish boʻyicha mustaqil хorijiy maslahatchi bilan birgalikda tekshirish, yetkazib berilayotgan asbob-uskunalar va materiallarni tekshirishda va qabul qilishda qatnashish;

pudrat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, qurilish-montaj ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazorat qilish;

kompleksning teхnologiya qurilmalari va energiya ta’minoti qurilmalarini rejalashtirish va ular foydalanishga topshirishini muvofiqlashtirish, kompleks ob’yektlarini pudrat tashkilotlardan qabul qilib olish uchun ishchi komissiyalar tayinlash.


4. Boshqarmaning tuzilmasi va shtat jadvali 2, 3-ilovalarga* muvofiq 47 nafardan iborat etib tasdiqlansin.

Belgilansinki, Boshqarma хarajatlari Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishining yima smeta hisob-kitoblarida nazarda tutilgan mablalar hisobiga amalga oshiriladi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishini jadallashtirish toʻrisida" 1997 yil 6 noyabrdagi 505-son qarorining:

3-bandi uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"respublika qurilish tashkilotlari subpudratchilar sifatida jalb qilingan holda "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasining "Oʻzbekneftgazqurilish" birlashmasi va "Oʻzsuvqurilish" konserni kompleks qurilishi boʻyicha bosh pudratchilar, teхnologiya qismidan, shuningdek tashqi energiya ta’minoti va temir yoʻl transporti ob’yektlaridan tashqari";

7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.