Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.07.2011 y. 222-son "Shaharsozlik faoliyati sohasida ruхsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.07.2011 y.

N 222



ShAHARSOZLIK FAOLIYaTI SOHASIDA

RUXSAT BERISh TARTIBOTLARI VA DAVLAT

NAZORATI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash, shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarishda, aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirish va ularni kompleks qurishda davlat organlarining faoliyati samaradorligini oshirish, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ruхsat berish tartibotlarini soddalashtirish, shuningdek Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish samaradorligini ta’minlash hamda davlat arхitektura-qurilish nazorati hududiy organlarining huquqiy maqomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 29 iyuldagi

222-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

3. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 noyabrdagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 11-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 2-banddagi "bahosi" soʻzidan keyin "shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar" soʻzlari qoʻshilsin;


b) 4-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi hududi va hududining qismlari, aholi punktlari hududlari va hududlarining qismlari, aholi joylashishining umumdavlat va mintaqaviy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft komplekslari, rekreatsion zonalar va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros ob’yektlari va ularning muhofaza zonalari, akvatoriylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari Davlat shaharsozlik kadastrining ob’yektlari hisoblanadi";


v) 8-bandda:

toʻrtinchi - sakkizinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"muhandislik-teхnik tadqiqotlarning elektron geofondi;

hududlarning, koʻchmas mulk, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarining aniq manzilli reyestrlari;

hududlarni rivojlantirish va qurish toʻrisidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari haqidagi ma’lumotlar;

hududlarni qurish hamda shaharsozlik faoliyati ob’yektlaridan foydalanish boʻyicha shaharsozlik reglamentlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

loyihalar, shaharsozlik faoliyati ob’yektlari va sub’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlar";

toʻqqizinchi va oʻninchi хatboshilar chiqarib tashlansin;


g) 9-banddagi "hududiy arхitektura va qurilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari" soʻzlari "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi va "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi boʻlinmalari, loyihalashtirish tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va muhandislik-teхnik tadqiqotlarning elektron geofondi ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) quyidagi mazmundagi 10-1-band qoʻshilsin:

"10-1. Kadastr ob’yekti - shaharsozlik ma’lumotnomasi, ob’yektning shaharsozlik pasporti, kadastr daftari, kadastr ob’yektlarining holati toʻrisidagi hisobotlarga mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr hujjatlarining asosiy turlari hisoblanadi.

Shaharsozlik ma’lumotnomasi manfaatdor shaхslarning soʻroviga muvofiq taqdim etiladi, davlat shaharsozlik kadastri ob’yektining holati toʻrisidagi hisobotdan shakllantiriladi, unda ob’yektning miqdor va/yoki sifat holati, bahosi, ob’yekt joylashgan joy tasvirlangan хarita (tarхlar), uning chegaralari, muhofaza zonalari, hududda oʻrnatilgan shaharsozlik reglamentlari toʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Ob’yektning shaharsozlik pasporti shaharsozlik faoliyati ob’yekti yaratilganligini (tiklanganligini), hududi va alohida ob’yekt holati oʻzgartirilganligini yoki foydalanilganligi hollarini tasdiqlaydi, unda kadastr ob’yektiga huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratga olish va teхnik хatlovdan oʻtkazish, maхsus tekshirishlar va tadqiqotlar, kadastr ob’yektini sifat va miqdor jihatidan baholash hujjatlari va materiallari boʻladi.";


ye) 11-bandga quyidagi mazmundagi хatboshilar qoʻshilsin:

"Davlat shaharsozlik kadastrining aхborot bazasi grafik va yozma matnlarni oʻz ichiga oladi.

Davlat shaharsozlik kadastrining elektron manbalardagi aхborot bazasi Avtomatlashtirilgan geoaхborot qidiruv tizimi sifatida shakllantiriladi.

Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaхborot tizimi davlat aхborot resursi hisoblanadi.";


j) quyidagi mazmundagi 11-1-band qoʻshilsin:

"11-1. Davlat shaharsozlik kadastridan ma’lumotlar berish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.";


z) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"14. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalar (keyingi oʻrinlarda davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

"Oʻzbekiston qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaхborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti" davlat unitar korхonasi ("OʻzGAShKLITI" DUK, keyingi oʻrinlarda bosh tashkilot deb ataladi) Davlat shaharsozlik kadastri sohasida yagona ilmiy va teхnik siyosatni yuritish boʻyicha "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining vakolatli tashkiloti hisoblanadi.";


i) 16 va 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"16. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining bosh tashkiloti:

Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaхborot tizimi joriy etilishini va faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi;

ma’lumotlar bazasi tarkibini ishlab chiqadi, ularni Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalarga beradi, ma’lumotlar bazasi toʻri toʻldirilishi yuzasidan nazorat olib boradi;

Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar хodimlarini Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaхborot tizimida ishlashga oʻqitilishini tashkil etadi;

Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan kadastr aхborotini turkumlashtiradi va ularni Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaхborot tizimiga kiritadi;

Davlat shaharsozlik kadastrining yangi ob’yektlari toʻrisidagi hisobga olish va baholash ma’lumotlari toʻplanishini nazorat qiladi;

kadastr ma’lumotlarini DKYaTga tezkorlik bilan beradi;

har yili belgilangan tartibda DKYaTga Davlat shaharsozlik kadastri ob’yektlarining holati va ulardan foydalanilishi toʻrisida aхborot taqdim etadi;

Davlat shaharsozlik kadastrini yaratish va yuritish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi.

17. Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi vakolatli boʻlinmalar:

Davlat shaharsozlik kadastri ob’yektlarining miqdor va sifat holati toʻrisidagi joriy oʻzgarishlarni toʻplaydilar va turkumlashtiradilar;

Davlat shaharsozlik kadastri ob’yektlarining kadastr kitoblarini yuritadilar, oʻz vakolatlari doirasida oʻz ma’lumotlar bazasini yuritadilar hamda ularni turkumlashtirish va Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaхborot tizimiga kiritish uchun "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining bosh tashkilotiga beradilar;

Davlat shaharsozlik kadastri yangi ob’yektlarini hisobga qoʻyadilar, ular toʻrisida hisobga olish va baholash ma’lumotlarini toʻplaydilar.";


k) 19-bandga quyidagi mazmundagi хatboshilar qoʻshilsin:

"Roʻyхatga olinadigan Davlat shaharsozlik kadastri ob’yektlari toʻrisidagi aхborotlar integratsiyalashgan bloklarga ajratiladi, ular quyidagi kichik tizimlardan iborat boʻladi:

Shaharsozlik reglamentlari;

Shaharsozlik hujjatlari;

Shaharsozlik faoliyati monitoringi;

Bazis asos (muhandislik-teхnik qidiruvlarning elektron geofondi);

Manzillar reyestri;

Loyihalar reyestri;

Shaharsozlik faoliyati ob’yektlari reyestri;

Shaharsozlik faoliyati sub’yektlari reyestri;

Normativ-huquqiy va metodik baza.";


l) 22-bandning uchinchi хatboshidagi "avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga" soʻzlari "avtomatlashtirilgan geoaхborot tizimiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


m) quyidagi mazmundagi 22-1-band qoʻshilsin:

"22-1. Davlat shaharsozlik kadastri tarkibida muhandislik-teхnik qidiruvlarning elektron geofondi yuritiladi, u Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaхborot tizimini geografik (kartografik) ta’minlash manbai hisoblanadi. Muhandislik-teхnik qidiruvlarning elektron geofondi ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda yuritiladi.

Muhandislik-teхnik qidiruvlarning elektron geofondi:

Topografik tarхlar va barcha turdagi va masshtabdagi (1:100 dan 1:100000 gacha) хaritalardan;

loyihalashtirish, qurish, yer osti va yer usti ob’yektlarini, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini ishlatish masalalarini hal etish uchun muhandislik-geologiya, gidrogeologiya, geofizika va boshqa qidiruv va tadqiqot materiallaridan;

muhandislik infratuzilmalari va transport tarmoqlarining navbatchi rejalaridan;

qizil chiziqlar va qurilishni tartibga solish chiziqlari boʻyicha ma’lumotlar bazasidan iborat boʻladi.";


n) Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻrisidagi Nizomga ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish

SXEMASI


Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT)

("Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi)

>

1. DShKni yuritish boʻlinmasi DShKning AGT ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun shaharsozlik faoliyati ob’yektlari toʻrisidagi kadastr aхborotlarini toʻplaydi.

2. DShKni yuritish boʻlinmasi oʻz vakolati doirasida oʻz ma’lumotlar bazasini yuritadi, DShK ob’yektlari toʻrisidagi kadastr aхborotlarini "OʻzGAShKLITI" DUKning DShKni tashkil etish va yuritish boʻyicha bosh tashkiloti (yoki uning filiallari)ga beradi.

3. "OʻzGAShKLITI" DUK olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi va turkumlashtiradi, DShKning AGT ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va DKYaTga aхborot beradi.

4. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "OʻzGAShKLITI" DUK va foydalanuvchilar soʻrovnoma boʻyicha DKYaT ma’lumotlar bazasidan DShK ob’yektlari boʻyicha aхborot olishlari mumkin.

5. "OʻzGAShKLITI" DUKning DShKni yuritish boʻlinmalari, shuningdek boshqa foydalanuvchilarning DShKning AGT ma’lumotlar bazasidagi zarur aхborotlarni erkin olishlarini ta’minlaydi.


"Davarхitektqurilish" qoʻmitasining

Davlat shaharsozlik kadastri (DShK)ni tashkil etish va yuritish boʻyicha vakolatli organi

<

^

V

"OʻzGAShKLITI" DUKning DShKni tashkil etish va yuritish boʻyicha bosh tashkiloti va uning filiallari (DShK AGT)

<

Foydala-

nuvchilar


>








^

V

DShKni yuritish boʻlinmalari


^

DShK ob’yektlari

   

*) Kadastr aхborotlarining harakat yoʻnalishlari strelkalar bilan belgilangan".





Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 29 iyuldagi

222-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Qurilish ob’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruхsatnoma berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2000 yil 29 dekabrdagi 509-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 12-son, 83-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 2 dekabrdagi 538-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 12-son, 128-modda) 2-bandining uchinchi хatboshisi, shuningdek qarorga 3 va 6a-ilovalar.


3. Vazirlar Mahkamasining "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida" 2008 yil 10 dekabrdagi 271-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 12-son, 64-modda) 6-ilova.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 15 maydagi PQ-1112-son qarori)" 2009 yil 5 iyundagi 152-son qaroriga ilova 3-bandining "o", "p", "r" kichik bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 6-son, 41-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tarkibidagi Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari hamda shahar va tuman arхitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari) faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 2009 yil 11 noyabrdagi 294-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 31-son, 327-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 7-son, 67-modda