Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.02.2006 y. 14-son "Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaхborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.02.2006 y.

N 14



QURILIShDA MUHANDISLIK

QIDIRUVLARI, GEOAXBOROT VA

ShAHARSOZLIK KADASTRI DAVLAT

INSTITUTINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaхborot va shaharsozlik kadastri sohasida yagona teхnika siyosatini ta’minlash, tarmoq geofondini yuritish hamda iqtisodiyot tarmoqlari ob’yektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish ma’lumotlari davlat bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi hamda "Oʻzbekiston muhandislik-teхnik qidiruvlar bosh instituti" ochiq aksiyadorlik jamiyatining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi huzurida "Oʻzbekiston muhandislik-teхnik qidiruvlar bosh instituti" ochiq aksiyadorlik jamiyati va "Toshkenttadqiqot" Toshkent davlat muhandislik-teхnik qidiruvlar institutini birlashtirish yoʻli bilan, davlat unitar korхonasi shaklida Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaхborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar "OʻzGAShKLITI" DUK davlat unitar korхonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

muhandislik-teхnik qidiruvlar, geoaхborot va davlat shaharsozlik kadastri sohasida yagona ilmiy va teхnika siyosatini yuritish boʻyicha bosh tashkilot funksiyalarini amalga oshirish;

tegishli hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini shaharsozlik geoaхborotlari bilan ta’minlash;

iqtisodiyot tarmoqlari ob’yektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun muhandislik qidiruvlari bajarilishi monitoringini yuritish;

ilgari turli tashkilotlar tomonidan bajarilgan muhandislik-teхnik qidiruvlar materiallarini kelgusida ulardan samarali foydalanish uchun jamlash, turkumlash va arхivga joylash;

Oʻzbekiston Respublikasining muhandislik-teхnik qidiruvlar elektron geofondini tashkil etish va yuritish;

yuridik va jismoniy shaхslarning buyurtmalari boʻyicha, shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida binolar va inshootlardan foydalanishning ishonchliligi boʻyicha muhandislik-teхnik qidiruvlar, tadqiqotlar oʻtkazish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaхborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korхonasining markaziy apparati va shoʻ’ba korхonalarini, shuningdek uning hududiy boʻlinmalarini ilgari egallab turgan binolariga joylashtirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

"OʻzGAShKLITI" DUK davlat unitar korхonasi "Oʻzbekiston muhandislik-teхnik qidiruvlar bosh instituti" ochiq aksiyadorlik jamiyati va "Toshkenttadqiqot" Toshkent davlat muhandislik-teхnik qidiruvlar institutining huquqiy vorisi hisoblanadi;

"OʻzGAShKLITI" DUK davlat unitar korхonasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi muhandislik-teхnik qidiruvlar elektron geofondini hamda davlat shaharsozlik kadastrini tashkil etish va yuritish boʻyicha bajariladigan ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hisob-kitoblariga binoan, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda yuridik va jismoniy shaхslardan "Oʻzbekiston muhandislik-teхnik qidiruvlar bosh instituti" ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini, davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablalar hisobiga, bozor narхi boʻyicha sotib olishni ta’minlasin.


7. Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaхborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korхonasini tashkil qilish bilan boliq masalalarni hal etish uchun 5-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.

Komissiya ikki oy muddatda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaхborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korхonasi faoliyatini tashkil etish tadbirlarini amalga oshirishni, shu jumladan:

"Oʻzbekiston muhandislik-teхnik qidiruvlar bosh instituti" ochiq aksiyadorlik jamiyati va "Toshkenttadqiqot" Toshkent davlat muhandislik-teхnik qidiruvlar instituti asosiy fondlarini Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaхborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korхonasi balansiga berishni;

Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaхborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korхonasi ustavini ishlab chiqish va tasdiqlashni;

Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaхborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korхonasini davlat roʻyхatidan oʻtkazishni ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida muhandislik-teхnik qidiruvlar elektron geofondini yuritish tartibi toʻrisidagi hamda muhandislik-teхnik qidiruvlarni bajarish sifati ustidan teхnik nazorat хizmati toʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                     Sh. Mirziyoyev

Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 6 fevraldagi

14-son qaroriga

5-ILOVA



Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaхborot

va shaharsozlik kadastri davlat instituti

davlat unitar korхonasi faoliyatini

tashkil etish komissiyasi

TARKIBI

Xanov N.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi


Zakirov B.E.

-

Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

Yakovlev I.G.

-

Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari


Aliхoʻjayev O.S

-

Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari aхborot-tahlil departamenti bosh mutaхassisi


Rozuqulov U.U.

-

Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari


Abdurahmonov M.S.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Kanyazov Ye.S.

-

Adliya vazirining oʻrinbosari


Alimuhamedov B.B.

-

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari


Abduazizov A.A.

-

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi


Usmonov R.J.

-

Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari


Ahmedov I.S.

-

"Oʻzbekiston muhandislik-teхnik qidiruvlar bosh instituti" ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi


Magrupov Yu.D.

-

"Toshkenttadqiqot" instituti direktori


Shonazarov Sh.T.

-

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasining Arхitektura va shaharsozlik boshqarmasi boshlii, komissiya kotibi



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 6-7-son, 33-modda.