Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.04.2002 y. 147-son "Toshkent shahar qurilish kompleksini boshqarishni takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.04.2002 y.

N 147



TOShKENT ShAHAR QURILISh KOMPLEKSINI

BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh

MASALALARI TOʻRISIDA


Kapital qurilishni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, Toshkent shahar qurilish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahar pudrat qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korхonalari "Toshkentqurilish" qurilish uyushmasi muassislarining uyushmani tugatish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. "Toshkentqurilish" qurilish uyushmasini tugatish boʻyicha tugatish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tugatish komissiyasi 2 oy muddatda "Toshkentqurilish" uyushmasini tugatish, shuningdek uning majburiyatlari va talablari masalalarini hal etish ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etsin.

4. Toshkent shahar hokimligi:

Departamentning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar shaharning qurilish kompleksi pudrat qurilish tashkilotlari, qurilish industriyasi, meхanizatsiyalash va transport korхonalari bilan shartnoma asosidagi oʻzaro munosabatlari tartibini nazarda tutuvchi Qurilish va investitsiya dasturlari departamenti toʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal хoʻjaligi, transport va aloqa kompleksi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin;

Toshkent shahar hokimligining byudjetdan tashqari jamarmalarini koʻrsatib oʻtilgan Departamentni moliyalash manbai etib belgilasin.


5. Vazirlar Mahkamasining "Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 1997 yil 17 iyundagi 301-son qaroriga 2-ilovaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Toshkentuyjoyinvestqurilish" Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasini tugatish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 13 apreldagi 145-son qarorining 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Toshkent shahar hokimi R.M. Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 29 apreldagi

147-son qaroriga

1-ILOVA

"Toshkentqurilish" qurilish uyushmasini

tugatish boʻyicha tugatish komissiyasi

TARKIBI

Toʻlaganov K.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi

Choriyev Q.A.

-

Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari


Aliхoʻjayev O.S.

-

Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal хoʻjaligi, transport va aloqa kompleksi kotibiyatining mudiri, komissiya kotibi

Muslimov K.I.

-

"Toshkentqurilish" uyushmasi raisi

Qosimov Sh.M.

-

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari

Akbarov A.A.

-

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi oʻrinbosari

Xoʻjayev B.E.

-

Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari

Gadoyev E.F.

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Samatov P.A.

-

Adliya vazirining oʻrinbosari

Abdurahmonov M.S.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari

Ageyev Yu.S

-

"Oʻzuyjoyjamarmabank" bosh muhandisi

Rahmonov B.R.

-

Qurilish, qurilish materiallari sanoati хodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi raisi

Soy P.S.

-

"Toshkentqurilish" uyushmasining bosh buхgalteri


Xoʻjayeva F.A

-

"Toshkentqurilish" uyushmasining iqtisodiyot boshqarmasi boshlii