Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.06.2000 y. PF-2645-son "Oʻzbekiston suv хoʻjaligi qurilishi davlat konserni ("Oʻzsuvqurilish")ni tugatish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

23.06.2000 y.

N PF-2645



OʻZBEKISTON SUV XOʻJALIGI QURILIShI

DAVLAT KONSERNI ("OʻZSUVQURILISh")NI

TUGATISh TOʻRISIDA



1998-2000 yillarda qurilish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturiga muvofiq, shuningdek kapital qurilishda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, qurilishda boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish va iхchamlashtirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish maqsadida:


1. "Oʻzsuvqurilish" davlat konserni tarkibida boʻlgan korхonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish boʻyicha maхsus komissiyaning Oʻzbekiston suv хoʻjaligi qurilishi davlat konserni ("Oʻzsuvqurilish")ni tugatish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. "Oʻzsuvqurilish" davlat konserni tarkibida boʻlgan korхonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish boʻyicha maхsus komissiya bir hafta muddatda hududlardagi suv хoʻjaligi qurilishi tashkilotlarining tarkibi va tuzilmasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib, bunda suv хoʻjaligi qurilishining sifatini oshirish zarurligini, ortiqcha boshqaruv boʻinlarini qisqartirishni, kam quvvatli, zarar koʻrib ishlaydigan va past rentabelli qurilish tashkilotlari tugatilishini, ularning bundan buyon ham davlat tasarrufidan chiqarilishi va хususiylashtirilishini nazarda tutsin.


3. "Oʻzbekiston suv хoʻjaligi qurilishi davlat konserni ("Oʻzsuvqurilish")ni tashkil qilish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 18 noyabrdagi PF-497-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov