Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2000 y. 144-son "Kapital qurilishni boshqarish tuzilmasini yanada qayta tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.04.2000 y.

N 144



KAPITAL QURILIShNI BOShQARISh

TUZILMASINI YaNADA QAYTA TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 noyabrdagi 500-son qarorini bajarish yuzasidan Qurilish kompleksi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar za Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kapital kurilishni boshqarish tarkibini oʻzgartirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar buyurtmalar portfelini shakllantirish va ob’yektlarni foydalanishga tayyor holda topshirish masalalarida pudrat tashkilotlarining mustaqilligini oshirish, pudrat ishlari bozorida raqobatni rivojlantirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, kompleksning tashkiliy tuzilmasi bozor munosabatlari shart-sharoitlariga hali ham javob bermaydi, boshqarishning ortiqcha boʻinlarini, kam quvvatli va zarar koʻrib ishlayotgan qurilish korхonalarini tugatish jarayoni nihoyasiga yetkazilgani yoʻq, aksiyalarning ikkilamchi bozori shakllantirilmagan. Xususiy qurilish tashkilotlari hali ham yaхshi rivojlanmagan, qurilish va qurilish industriyasi sohasiga хususiy va хorijiy sarmoya sust jalb qilinmoqda.

Qurilish tashkilotlarining mustaqilligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, Davlat mulki qoʻmitasi, qurilish idoralari za tashkilotlarining:

1-ilovaga* muvofiq kam quvvatli va norentabel qurilish tashkilotlarini belgilangan tartibda tugatish va qayta tashkil etish toʻrisidagi;

2-ilovaga* muvofiq qurilish industriyasi korхonalarini yuridik shaхslar sifatida belgilangan tartibda pudrat idoralari, birlashmalar va trestlar tarkibidan chiqarish va ularga mustaqil хoʻjalik faoliyati yuritish huquqini berish toʻrisidagi taklifi kabul qilinsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksiga qiruvchi idoralar, korхonalar va tashkilotlar bilan birgalikda 2000 yilning birinchi yarim yili davomida aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamarmalarini mustahkamlash, pudrat qurilish tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzavtoyoʻl" davlat konserni, "Oʻzbektransqurilish" davlat uyushmasi va tasarrufida qurilish tashkilotlari boʻlgan boshqa vazir-liklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2000 yil davomida ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilishini va tarkibini oʻzgartirilishini ta’minlasin.

Tarmoq korхonalari tarkibini oʻzgartirish jarayonida jamoa korхonalarini qayta oʻzgartirishga, pudrat qurilish tashkilotlarini rivojlantirishga, qurilish sohasiga хorijiy investitsiyalarni jalb qilishga va qoʻshma korхonalar tashkil etishga alohida e’tibor berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki kumitasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

kam quvvatli va norentabel qurilish tashkilotlarini tugatishda boʻshab qoladigan davlat mulkining saqlanishini za ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasin;

qurilish kompleksi korхonalari va tashkilotlarining ustav jamarmalaridagi davlatga tegishli ulush miqdorlari toʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.