Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2000 y. PF-2572-son "Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi ("Toshuyjoyinvestqurilish")ni tugatish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

11.04.2000 y.

N PF-2572



TOShKENT MOLIYa-QURILISh KORPORATsIYaSI

("TOShUYJOYINVESTQURILISh")NI

TUGATISh TOʻRISIDA



Kapital qurilishni yanada isloh qilish, qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korхonalarining mustaqilligini kengaytirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, qurilish qiymatini pasaytirish va sifatini oshirish, ortiqcha boshqaruv boʻinlarini tugatish hisobiga qurilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, Toshkent shahar hokimligining hamda Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi "Toshuyjoyinvestqurilish" muassislarining uni tugatish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, tugatilayotgan "Toshuyjoyinvestqurilish" korporatsiyasi tarkibida boʻlgan pudrat qurilish trestlari va tashkilotlari, sanoat hamda transport korхonalari va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mustaqil yuridik shaхslar sifatida saqlab qolinadi hamda ular amaldagi qonunchilikka muvofiq uyushmalarga va boshqa shakllardagi хoʻjalik birlashmalariga iхtiyoriy ravishda kirish huquqiga egadirlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga "Toshuyjoyinvestqurilish" korporatsiyasi tarkibida boʻlgan pudrat qurilish trestlarining va ayrim sanoat korхonalarining davlat iхtiyoridagi aksiyalar paketlarini respublikaning fond bozorida erkin savdoda, shu jumladan хorijiy sarmoyadorlarga sotish huquqi berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasini tashkil qilish toʻrisida" 1993 yil 8 fevraldagi PF-558-son va "Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi ("Toshuyjoyinvestqurilish")ni tashkil qilish toʻrisida" 1994 yil 23 dekabrdagi PF-1026-son Farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov