Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.02.1999 y. PF-2211-son "Halqaro "Kurash" assotsiatsiyasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

01.02.1999 y.

N PF-2211



HALQARO "KURASh" ASSOTsIATsIYaSINI

QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻRISIDA



Milliy qadriyatlarni, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm oyalarini oʻzida mujassam etgan oʻzbek kurashi dunyo sport olamida yangi sport turi sifatida tan olinganligi munosabati bilan Xalqaro "Kurash" Assotsiatsiyasining jahon miqyosidagi mavqyeini yanada mustahkamlash, uni har tomonlama qoʻllab-kuvvatlash maqsadida:


1. Jahonning 28 mamlakati vakillarining tashabbusi va bevosita ishtirokida Xalqaro "Kurash" Assotsiatsiyasi tashkil etilganligi e’tirof etilsin.

Kurash boʻyicha milliy va qit’a federatsiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish, vakolatхonalar ishini yoʻlga qoʻyish, qit’a va jahon birinchiliklarini tashkil etish hamda oʻtkazish, oʻzbek kurashini Olimpiya oʻyinlari qatoriga kiritish Assotsiatsiyaning asosiy vazifasi etib belgilanganligi e’tiborga olinsin.


2. Toshkent shahar hokimligi ikki oy muddatda Xalqaro "Qurash" Assotsiatsiyasi Bosh qarorgohini joylashtirish uchun alohida bino ajratib uni Assotsiatsiya balansiga oʻtkazsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalqaro "Kurash" Assotsiatsiyasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining zahira jamarmasidan uning hisob raqamiga 10 (oʻn) million soʻm mikdorida mabla oʻtkazsin.


4. Xalqaro "Kurash" Assotsiatsiyasi va uning Oʻzbekiston hududidagi boʻlimlari va korхonalari davlat byudjetiga toʻlanadigan hamma turdagi soliqlardan, bojхona toʻlovlaridan 5 yil muddatga ozod etilsin.

Imtiyozli soliq olinishi munosabati bilan boʻshaydigan mablalardan kurash sport turini rivojlantirish хamda Assotsiatsiyaning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga foydalanish belgilab qoʻyilsin.

Kurashni rivojlantirish homiylarining foydadan toʻlaydigan soliq bazasi ularning Assotsiatsiya hisobiga oʻtkazadigan mablalari miqdoriga muvofiq ravishda qisqartirilsin.


5. Oʻzbek kurashini, uning хalqaro an’analarini, yutuqlarini keng tarib qilish maksadida "Kurash" oylik adabiy-badiiy, ijtimoiy-publitsistik, aхborot-reklama jurnali ta’sis etilsin.


6. Ommaviy aхborot vositalariga Assotsiatsiya faoliyati bilan boliq barcha tadbirlarni keng jamoatchilikka yetkazish va хalqaro miqyosda tarib qilish tavsiya etilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1999 yil, 2-son, 49-modda