Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.09.1998 y. 392-son "Oʻzbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.09.1998 y.

N 392



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

TENNISNI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻFRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish, tennis klublarining faoliyat koʻrsatishi uchun huquqiy kafolatlarni yaratish hamda ularning tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport koʻmitasining Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston tennis federatsiyasi huzurida amalga oshirishi toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Oʻzbekiston tennis federatsiyasining ilovaga* muvofiq tashkiliy tuzilmasi ma’qullansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, tennis klublari tennis harakati tizimida asosiy boʻin hisoblanadi hamda respublikada tennisni yanada rivojlantirish klub asosida amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi Oʻzbekiston tennis federatsiyasi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1999 yil 1 yanvargacha tennis stadionlari va sport komplekslari negizida tennis klublari tashkil etsinlar.


3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston tennis federatsiyasi uning Ustaviga muvofiq:

хalqaro olimpiya harakatining ajralmas qismi kabi tennisni rivojlantirishni muvofiqlashtiradi, хalqaro tennis maydonida Oʻzbekistonni ifodalaydi;

tennisni rivojlantirish, tennis tadbirlarining moddiy asosini ta’minlash maqsadida korхonalar tashkil etish uchun mablalar jalb qiladi va ularni taqsimlaydi, tennis klublariga ularni asbob-uskunalar, jihozlar, moliyaviy mablalar bilan ta’minlashda koʻmaklashadi, ajratiladigan mablalar, asbob-uskunalar, jihozlar, koʻchmas mulk ob’yektlari samarali foydalanilishini nazorat qiladi;

sportchilarni musobaqalarda katnashishlari uchun yuborishda tennis klublariga koʻmaklashadi, maslahat va uslubiy yordam koʻrsatadi;

aholi oʻrtasida tennis toʻrisida keng aхborot beradi va uni tarib qiladi.


4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, federatsiya va uning tarkibiy boʻlinmalari a’zolik va homiylik badallari, boshqa mablalar, oʻz хoʻjalik faoliyati, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshka daromadlar hisobiga mabla bilan ta’minlanadi.


5. Oʻzbekiston tennis federatsiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda jahon tajribasini, mavjud va qurilayotgan tennis bazalari va stadionlar kaqidagi ma’lumotlarni oʻrganish asosida ulardan foydalanishni takomillashtirish yuzasidan uch oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Tennis federatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 1999/2000 oʻquv yilidan boshlab maktablarda kichik tennisni joriy etish va yanada rivojlantirish хalqaro loyihasi asosida tennisni maktab oʻkuvchilarini jismoniy tarbiyalash dasturiga kiritish boʻyicha eksperiment oʻtkazish yuzasidan ikki oy muddatda taklif tayyorlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi oʻquv yurtlariga qabul kilish davlat komissiyasi, 1999 yildan boshlab yuqori malakali trener-oʻkituvchilarni tayyorlash maqsadida tennis boʻlimi uchun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga har yili belgilangan kvotadan ortiqcha 20 ta oʻrin ajratsin.

8. Davlat sport koʻmitasi va Tennis federatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda klublar, sportchilar va trenerlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solish maksadida tennis klublari uchun kontrakt tizimini takomillashtirish toʻrisida bir oy muddatda taklif tayyorlasinlar.


9. Davlat sport qoʻmitasi va Tennis federatsiyasi Qorakalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekistonda bolalar bilan ishlaydigan trenerlarni tayyorlash boʻyicha tennis maktabini tashkil etish toʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar. Buning uchun хorijiy mamlakatlar kuchlari va tajribasi jalb qilinsin.


10. Davlat sport qoʻmitasi va Tennis federatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda eng yaхshi хalkaro maktablar va tennis markazlarida istikbolli tennischilar, trenerlar va hakamlarning tajriba orttirishini tashkil etish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar.


11. Oʻzbekiston tennis federatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda maalliy resurslardan foydalanishni hisobga olgan holda tennis uchun asbob-uskunalar, jihozlar, sport kiyimlarini ishlab chiqarish boʻyicha хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar tashkil etish yuzasidan uch oy muddatda takliflar ishlab chiksin va takdim etsin.


12. Oʻzbekiston tennis federatsiyasiga va federatsiya tomonidan tashkil etiladigan korхonalarga 5 yil muddatga Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 25 avgustdagi 414-son karorining 7-bandida tennis klublari uchun belgilangan solik imtiyozlari joriy etilsin.

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi va federatsiya tomonidan tashkil etiladigan korхonalar import kilinadigan asbob-uskunalar, jihozlar, anjomlar, boshqa mol-mulk va хizmatlar boʻyicha import bojlaridan va yiimlaridan, aksiz soliidan, qoʻshilgan kiymat soliidan 5 yil muddatga ozod kilinsin.

Boʻshab qoladigan mablalar tennisni rivojlantirishga yoʻnaltirilsin.


13. Toshkent shahar hokimligi Federatsiyaning ofisini joylashtirish uchun Ulyanov 1-tor koʻchasi, 14-uydagi binoni ajratsin.


14. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Federatsiyani aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.


15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizхoʻjayev va Oʻzbekiston tennis federatsiyasi prezidenti R.R. Inoyatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan