Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 02.12.2004 y. 705-II-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

02.12.2004 y.

N 705-II



"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI

QONUNChILIK PALATASI DEPUTATINING VA

SENATI A’ZOSINING MAQOMI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov hamda Senatini shakllantirish yakunlariga koʻra amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) oʻz qarorlarini "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining deputati maqomini tartibga soluvchi qonunni ishlab chiqish hamda qabul qilish tavsiya etilsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining deputati butun Oʻzbekiston Respublikasi hududida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, sessiyalar oraliidagi davrda esa, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Rayosatining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo qoʻllanilishi mumkin emas, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Rayosatining bu masalaga doir qarori keyinchalik Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tasdiiga kiritiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining deputatiga nisbatan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori tomonidan qoʻzatilishi mumkin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining deputatini majburiy keltirishga, shuningdek uning uy-joyi, хizmat хonasini, yuki, shaхsiy va хizmat transporti vositalarini, yozishmalarini, u foydalanayotgan aloqa vositalarini, shuningdek unga tegishli hujjatlarni koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                    E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 3-4-son, 19-modda.